Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
242
kim uxlamadi. Biz ham uxlamadik. Yo‘q, men
jindek uxladimu baribir uyg‘onib ketdim. Qarasam,
enajonim yo‘q, so‘rasam, Qashqar qishloqqa Istalin
boboning suratini axtarib ketgan ekan... Eh, juda
qiziq bo‘ldi-da. Hammaning ko‘cha eshigiga Istalin
boboning suratini yopishtirib chiqdik. Esi yo‘q
bobolar yirtib qo‘ymasin deb, sal balandroqqa
yopishtirdik. Biz yelim solingan kosachalarni ushlab
turdik, Sultonaliga o‘xshagan novcharoq akalar
bismillohir rahmonir rahim deb yopishtirishdi.
Hayitvoy o‘rtog‘im bo‘lsa o‘sha kosachadagi yelim-
dan yashirib ikki marta yalab olgan ekan, ancha-
gacha labi ochilmay im-imm deb yurdi.
Kechasi yana ham qiziq bo‘ldi. Biznikida, soy
ko‘chadagi Savri xolamnikida enajonimlar to‘p-
lanishib:
Har kim aytsa bir soat
Duo bo‘lgay ijobat.
Lo iloha illoanta
Lo iloha illoanta, –
degan duolarni o‘qib, «Mushkulkushod» o‘qishdi.
Mushkulkushod o‘qiganda-chi, aziz avliyolar
shoshilib yordamga keladi, bildingizmi? Ishingiz
yurishib ketadi. Zolimlar yo‘q bo‘ladi, dilingiz rav-
shan bo‘ladi. Ho‘ yozda, uzumimiz sotilmay qolgan-
da enajonim mushkulkushod o‘qituvdi, ertasiga
Qo‘qondan o‘zbekcha gapiradigan armani amakilar
kelib bir xurjun qizil pul berib uzumimizning
hammasini sotib olishgan. Bobojonimning dili
ravshan bo‘lib, yanagi yilga ham kelinglar degan.
Aytuvdim-ku, do‘xtirimiz Dehqon shapka
amaki juda aqlli deb. Ahmadqul bobomdan ham,


Jannati odamlar
243
o‘zimning bobomdan ham aqli ko‘p uni. Aqlim
osmonga uchib ketmasin deb doim boshiga shapka
kiyib yuradi. Ana shu amaki tumandagi hamma
yerlarning, hamma bog‘larning, ariqlardagi hamma
suvlarning boshlig‘ini bilarkan. Bosh tanobchi ekan
o‘sha odam. Kechasi uxlamay uning nomiga xat
yozib berib, Xudo xohlasa bog‘laring buzilmaydi,
debdi.
– Xatni men olib borolmayman, – dedi bobojon
sal-pal yig‘lamsiragandek bo‘lib, – ikki oyog‘im
tengdan yo‘q bo‘p qoldi, o‘rnimdan turolmayman.
– Kim olib boradi bo‘lmasa? – achchig‘i chiqib
so‘radi Ahmadqul bobom.
– O‘zing borasan, o‘rtoq.
– Hammasiga meni yugurtiraberar ekan-
sizlar-da.
– Gapga chechansan, oyog‘ing yengil.
– Uh, – shunday deb Ahmadqul bobom chiqib
ketdi. Endi u yog‘i yana chatoq bo‘pti. Matmusa
bobom ham borolmayman, qo‘sh ot qo‘shilgan
izvoshda yuradigan rahbar o‘g‘limga gap tegib
qoladi, debdi. Xayriyat, Esonqul bobom darrov
ko‘nibdi. Qambarali bobom bo‘lsa eshagim yo‘q,
eshak topib bersalaring, boraveraman-da, deb oxiri,
to‘rtta bobojon yo‘lga tushishibdi. O‘sha bosh
tanobchi idorasida istakanda choy ichayotgan ekan:
– Nu? – debdi.
– Bog‘imiz to‘g‘risida keldik, – deyishibdi
bobojonlar.
– Òàê, – debdi bosh tanobchi choy ho‘plab.
Keyin o‘rtalarida mana bunday suhbat ham bo‘lib
o‘tibdi:
– Mevali bog‘ni buzish gunoh-ku, o‘g‘lim.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling