Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
258
arang kiyib baqirgancha, oyoqlari shol bo‘lib
yotgan bo‘lsa ham endi ishlab ketdi shekilli, qo‘l-
tiqtayog‘iga ham tayanmay askar akalarning oldiga
yugurdi:
– Hoy, bolalarim, sabr qilinglar, nihollarimni
ko‘chirib olay, musulmonsizlar-ku, axir, yaxshi
odamlarning farzandlarisiz-ku, nihollar ham
mening farzandlarim bo‘ladi, o‘zim tuqqanman,
o‘zim payvand qilganman, uloq solganman.
Otamdan, bobolarimdan qolgan navlar bular.
Ko‘chirib beringlar, jon bolalarim, qo‘y so‘yib
beraman, katta qozonda osh damlab beraman...
Baqqol kuyovim, qayerdasan, qo‘ydan bittasini
so‘ygin. Jon bolalarim, nihollarimni ko‘chirib be-
ringlar, hoy askar yigit, senda ham ayb yo‘q, majbur
qilishgan. Qora ko‘zlaring mo‘ltillab turibdi-ku,
axir.
Kofir bo‘lsang ham achinyapsan. Sezib
turibman. Ayt, nihollarimni ko‘chirib berishsin,
duo qilaman. O‘lgunimcha duo qilaman.
Bilagiga qizil bog‘lagan akalardan bittasi kelib
zax yerga o‘tirib olib zorlanayotgan bobojonimning
qo‘ltig‘idan olib turg‘azdi-da, otaxon, kuyinmang,
hamma nihollaringizni ko‘chirib beramiz, biz ham
kofir emasmiz, dedi. O‘sha aka judayam yaxshi
ekan. Katta bo‘lganda, Xudo xohlasa, menam shu-
naqa aka bo‘laman. Bobojonlar yiqilganda o‘rnidan
turg‘azib qo‘yaman, zorlansa ko‘chatlarini ko‘chirib
beraman.
Bobojonim haligi akaning yelkasiga osilib yurib,
mana bular anor ko‘chatlari bo‘ladi, mana bular
nokniki. Namangandan keltirganman, mana bular
anjir, jannatdan chiqqan deb ko‘rsataverdi, ko‘rsa-


Jannati odamlar
259
taverdi. Boshqa akalar ham yordamga kelib
ko‘chiraverdi, ko‘chiraverdi.
Oxiri bobojonim haligi akaning yelkasiga
suyanib turib ko‘zlarini yumgancha birpas jim
qoldi-da, keyin gupillab yerga yiqildi. Hamma
qo‘rqib ketdi. Askar akalar ham, pochchamu xolam
ham qo‘rqishdi.
Enajonim yugurib kelib:
– Voy sho‘rim! – deb, dodlab yubordi, –
cholginamdan ayrilib qolganga o‘xshayman.
Bobojonimni chakmonga solib to‘rt tomondan
avaylab ko‘tarib uyga olib borishdi. Xayriyat,
ko‘zini sal ochib:
– Yig‘lama, onasi, – dedi.
Keyin uyog‘i juda tez bo‘ldi, juda-juda ham
tezlashib ketdi. Baqqol pochcham bitta qo‘yni so‘yib
bergandan keyin, qolganlarini sigirimiz bilan
buzog‘imizga qo‘shib qishloqdagi uyimizga haydab
ketdi.
Askar akalarning katta mashinasida avval
sandiqlardagi mening to‘yimga atalgan mayizu
o‘riklarimizni, ko‘rpayu kigizlarimizni jo‘natdik,
eng oxirida baqqol pochchamning eshak aravasida
bobojonimning o‘zini olib ketdik. Tagiga yumshoq-
yumshoq ko‘rpalar soldik, boshiga qalin-qalin
yostiqlar qo‘ydik.
Borguncha ham bobojonim hecham ko‘zini
ochmadi. Bogimizning devorlarini buzayotgan
tankalarning tarillagan ovozi to qorong‘u tush-
guncha ham eshitilib turdi.
Kesilgan daraxtlarning ustiga fonar yog‘i quyib
o‘t qo‘yishgan ekan, alangasi osmonga ko‘tarilib,
ertalabgacha hammayoqni yoritib turdi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling