Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
254
– Voy, o‘g‘lim, bugun esing kirib qolibdimi?
– deb so‘radi bobojonim.
– Ha, kechasi uxlaganimda esim kirib qoldi,
– deb javob qaytardim.
– Obbo azamat-ey, endi, ko‘p-ko‘p uxlagin, ko‘p
uxlasang, mana shunaqa esing ko‘payib qoladi.
Mayli mollarni olib chiq, keyin qo‘ylaringni ham
boqqa haydab yubor.
Hammasini bajarib bo‘lib uyga kirayotgan edim,
bobojonim «Obbo o‘g‘lim-e, bilib turibman, o‘sha
yoqqa borging kelyapti, ha mayli, boraqol. Nima
gapligini bilib, darrov orqangga qaytgin», deb tayin-
ladi. Borsam, o‘h-ho‘, juda zo‘r bo‘p ketibdi. Yuk
tashiydigan to‘rt g‘ildirakli mashinalar, g‘ildiragini
qornining ichiga berkitib o‘lgan askar akalarning
tankalari, otliqlar, ijroqo‘m amaki-yu, bitta
qulog‘i yo‘q raisimiz, melisalar... E-he, juda zo‘r
tomosha bo‘layotgan ekan. Mozorboshi tomondan
katta mashinada bilagiga qizil latta bog‘lagan
komsomol akalar ham kelishyapti, ashula ham
aytishyapti.
Eski dunyoni buzamiz,
Yangi dunyo quramiz.
To‘siqlarni yengamiz,
Faqat olg‘a yuramiz.
Olg‘a bos,
Olg‘a bos,
Olg‘a bos.
Ashulani juda baland ovoz bilan aytishyapti.
Hammamiz xursand bo‘p ketdik. Qulijon o‘rtog‘im
yelkasiga ukasini mindirib chiqqan ekan, ular ham
sevinib ketishdi. Keyin biz ham:


Jannati odamlar
255
Olg‘a bos,
Olg‘a bos,
Oig‘a bos, –
deb oyog‘imizni tapillatib ashula ayta boshladik.
Bitta qulog‘i yo‘q raisimiz tegirmon toshining
ustiga chiqib ot minib turgan yelkasida yulduzi
bor eng katta boshliqdan: «Komandir o‘rtoq,
askarlaringizning hammasi kelib bo‘ldimi?» – deb
so‘radi.
– Kelib bo‘ldi, – degan javob qaytdi.
– Komsomollar-chi? – yana so‘radi raisimiz.
– Biz shaymiz! – deb javob qaytardi qishlog‘i-
mizdagi hamma komsomollarning boshlig‘i Yusufali
akam. U ot minmabdi, velosiðediga suyanib turgan
ekan. Qulijon o‘rtog‘im, ana shu velosiðedning
qo‘ng‘irog‘i ichida shayton bor ekan, deb shivirladi
menga.
Rais amaki qo‘lidagi qog‘ozga qaradi. «Mirza
boboning bog‘ini buzgani Rapqondan kelgan
hasharchi komsomollar bilan bitta tanka, to‘rtta
askar yuborilsin», deb o‘qidi. Keyin o‘qiyverdi-
o‘qiyverdi, askar akalar, komsomollar, tankalar,
bog‘larni buzgani jo‘nab ketaverdi. Bilagiga qizil
taqqan akalar mashinaga o‘tirayotib:
Eski dunyoni buzamiz,
Yangi dunyo quramiz.
Olg‘a bos,
Olg‘a bos,
Olg‘a bos! –
deb ashula aytaverdi-aytaverdi.
Men, xayriyat, bizning bog‘imiz buzilmas ekan,
ana, ro‘yxatni o‘qimayapti-ku, e Xudo, hecham



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling