Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
250
deb atasharkan. Malika faqat qush go‘shti yerkan,
yeganda ham shu poyonsiz gulzordagi qushlarning
go‘shtidan yerkan. Semizidan tanlab har kun
bittasini so‘yib turisharkan. Navbat bir qushchaga
kelipti. Do‘mboqqina bo‘lib semirgan ekan, o‘ziyam
g‘oyat go‘zal, patlariyu qanotlari oltindek tovlanib
turarkan. Jallod o‘tkir pichog‘ini bo‘g‘ziga endi
olib borgan ekan, go‘zal qushcha to‘satdan tilga
kirib:
– Shahanshohimga arzim bor! – deb qich-
qiribdi. Qushchaning to‘satdan inson tilida gapirishi
jallodni hayron qoldiribdi va bo‘lgan voqeani darhol
podshoga yetkazibdi. Qushchani podshoning
huzuriga olib boribdi.
– Ayt arzingni! – debdi podsho.
– Shahanshohim, – deb gap boshlabdi qushcha,
– biz qushchalar inson uchun yaratilganmiz. Goh
husnimiz bilan ko‘zlarini quvontiramiz, goh chiroyli
ovozimiz bilan dillarini yayratamiz, goho ularga
yemish ham bo‘lamiz, so‘yilamiz. So‘yilish navbati
bugun menga yetgan ekan, o‘limim oldidan sizga
bir iltimosim bor.
Ayt iltimosingni, – deb buyuribdi podsho.
– Ruxsat bersangiz, o‘limim oldidan Vatanimni
bir ko‘rib, vidolashib kelsam, – deb zorlanibdi
qushcha.
Shahanshoh shu zig‘irdekkina qushchaga men
yaratgan bog‘ Vatan bo‘lmabdi, nahotki uning
Vatani bundan go‘zalroq bo‘lsa, agar chindan ham
go‘zalroq bo‘lsa undan namuna olishim kerak ekan,
deb o‘ylab, orqasidan poyloqchi qo‘yib, qushchaga
ruxsat beribdi. Qushcha yetti kechayu yetti kunduz
uchib, nihoyat bir sahroyu-biyobonga borib yetibdi.


Jannati odamlar
251
Jazirama sahroda bir to‘p qurib qolgan daraxt bor
ekan. O‘shaning kovagiga kirib, Xudoga ming
qatla shukr, Vatanimni ko‘radigan kunim bor ekan,
oh mening ko‘z ochgan uyim, oh mening ota-
onamni ko‘rgan chiroyli kovagim, oh ukalarim bilan
chirqillashib katta bo‘lgan uyginam deb, ko‘ziga
yosh olib, kovakda to‘xtamay dumalar emish,
chetlarini nozik qanotlari bilan silab-siypalar emish.
Qushcha qayta-qayta alvido aytib, shahan-
shohning huzuriga kelib, ta‘zim qilibdi. Poyloqchi
qush bo‘lgan voqeani oqizmay-tomizmay so‘zlab
beribdi. Shahanshoh adolatli ham ekan. Demak,
deb o‘ylabdi, har bir zotga u insonmi, qushmi,
kim bo‘lishidan qat'i nazar, birov yaratgan go‘zal
bog‘lardan ko‘ra kovakdek xaroba bo‘lsa ham o‘zi
tug‘ilib o‘sgan joy jozibali Vatan bo‘larkan, o‘sha-
ni qo‘msab, o‘shani ulug‘lab e’zozlab yasharkan.
– Shahanshoh shu gaplarni eshitib gulzordagi
o‘zga o‘lkalardan keltirilgan barcha qushlarga
ozodlik beribdi...
Enajonim ertakni aytib bo‘lib jim bo‘ldi. Men
ham jim yotaverdim. Qushcha Vataniga borib, aka-
ukalarini topoldimikan, yo‘qmikan, deb o‘ylayot-
gandim. Enajonim xo‘rsindi, uh tortdi, keyin
boshimni yumshoq silab:
– Uyg‘oqmisan, toychog‘im? – deb so‘radi.
– Uyg‘oqman, – dedim.
– Vatan deganiga endi tushundingmi?
Ozgina tushundim, xolos... Shu qishlog‘imiz
mening Vatanim bo‘ladimi?
Ha, seniki bo‘ladi. Katta bo‘lsang, Xudo xohlasa,
bobongga o‘xshab bog‘lar yaratasan, Eshonqul
bobongga o‘xshab ariqlar ochasan, To‘raqul bo-



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling