Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
266
mahkam quchoqlagan edim: «Yig‘lama, bo‘tam,
Erkavoy, Xudoning suyukli bandasi edi, Xudo xoh-
lasa, jannati bo‘ladi», deb engashib boshimdan,
yelkalarimdan silab, peshonamdan ham o‘pib
qo‘ydilar.
Chol bobolar qo‘rqib ketishdi. Esonqul bobom,
hoy Eshon hazratlari, siz qochib yurgan bandasiz,
ushlab ketishsa, yana isnodi bizga tegadi. Chakki
kelibsiz. Hozir ham kech emas. Minib kelgan
otingizni boshini o‘sha yoqqa buring, deb yolvordi.
Yig‘layotgan opalar ham, hassa ushlagan amakilar
ham yolvorishdi.
Eshon bobom bo‘lsalar, hay-hay, deb jim tura-
verdilar-da, oxiri: – Erkavoyday jannati bir odam
olamdan o‘tadi-yu, hay-hay, janozasini men o‘qi-
masam, kim o‘qirkan? – deb oyoqlari bilan yerni
mana bunday qilib bir tepib qo‘ydilar, –janozasini
o‘qib, Xudo xohlasa, fotihasida ham turib beraman.
Mayli, qamasinlar, mayli, peshonamdan otsinlar.
Ammo Erkacholning janozasini o‘qiyman.
Eng oxirida qiblaga qarab ikkovi qo‘llari bilan
quloqlarini ushlab qattiq ovoz bilan «Salotin jano-
za, Salotin janoza», deb aytgan edilar, voy, hamma
jim bo‘ldi-qoldi. Hech kim yig‘lamadi, xayriyat
janoza o‘qilsa Munkarnakir bobojonimni so‘roqqa
tutmaydi, boshiga gurzi bilan urmaydi, jannatning
darvozasini ochib beradi, o‘sha yoqqa tez borib
otishmada o‘lgan tog‘alarimni, quloq bo‘lib o‘lgan
otamni ko‘radi, hammalari birgalashib yashashadi,
deb o‘yladimu negadir yana battarroq yig‘lab
yubordim.
To‘g‘ri-da, endi meni kim azamatim deb
erkalaydi, kim endi do‘ppilarimni to‘ldirib mayiz,


Jannati odamlar
267
o‘riklar solib beradi, kim kechasi qo‘rqqanimda
orqamni silab, qo‘rqma, o‘g‘lim, deydi. Kim
eshakka mindirib, sayillarga olib boradi.
– Bobojon, bobojonim! – deb dodlab yerga
yotib oldim.
Turg‘izib qo‘yishdi. Baribir yig‘lay berdim.
Yupataman deyishsa, qo‘llarini tishlab oldim. Keyin
ovozimni chiqarmasdan piqqillab yig‘ladim. Faqat
ko‘z yoshimning o‘zi oqib kelaverdi, xolos. Mozorga
borgandayam, bechora bobojonimni qabrga qo‘yish-
ganda ham hiqillashim hecham bosilmadi, kechasi
tirilib qolsa tepaga qanday chiqadi, deb o‘ylab battar
hiqillayverdim. Eshon bobom tilovat qilib bo‘lgan-
laridan keyin, G‘ani amakim o‘rnidan turib: – Hoy,
musulmonlar, Erka amakim qanday odam edi? –
deb so‘radi yig‘lamsirab.
– Jannati edi.
– Katta bog‘bon edi, xayri sahovatli edi,
– deyishdi odamlar.
– Hoy musulmonlar, – dedi yana G‘ani ama-
kim. – Bobomiz qazo qilishlaridan oldin janozamga,
fotihamga kelganlarga ikki tupdan nihol ulashgin,
deb vasiyat qiluvdilar. Iltimos, uyga borib ko‘chatni
olib ketinglar.
Qabristondan qaytayotganda Eshon bobomning
qo‘llaridan ushlab oldim. Shunday qilsam o‘zim-
ning bobom tezroq qorong‘u g‘ordan chiqib
jannatga borar deb o‘yladim. Kechasi biznikida
yotib qoluvdilar, yonlariga o‘tirib to uyqum
kelguncha bobomni duo qiling, tezroq jannatga
borsin, deb iltimos qildim. Tong paytida har xil
ovozlardan uyg‘onib ketdim. Men o‘zi ovozni
eshitsam darrov uyg‘onaman. Hovliga chiqsam



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling