Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
256
buzilmasin, buzilmasin, deb «Lo iloha illollohu
valo quvvata illo billohi ali-yul aziym», – deb enajo-
nim o‘rgatgan duolardan o‘qib turuvdim, rais
amaki, Erkavoy Hojimat o‘g‘lining bog‘iga Yangi
qishloqdan kelgan komsomollar bilan bitta tanka
jo‘natilsin, deb o‘qib qoldi.
Dodlaganimcha uyimizga qarab yugurdim.
Tezroq borib ko‘cha eshigimizni tanbalab olmoqchi
edim. Shunaqa tez yugurdimki, oyog‘imga enajo-
nimning kavushini kiyib borgan edim, bir poyi
tushib qoldi, ertaga kelib olarman deb, unga ham
qaramadim.
Kelsam, bizdan xabar olgani Zahro xolam bilan
eshak arava minib yuradigan baqqol pochchamlar
kelishgan ekan. Ularga ham qaramay to‘g‘ri
bobojonimning bag‘riga otilib:
– Bog‘imiz buzilarkan, – dedim hiqillab.
– Yiglama, o‘g‘lim, yig‘lama, – bobojonim
boshimdan, yelkamdan siladi.
– Yuring, ko‘cha eshikni tezroq tanbalab
olaylik.
– Tanbalasak, devordan oshib tushishadi.
– Miltig‘ingizni olib chiqing bo‘lmasa, otamiz.
– Yo‘q, polvonim, endi miltiqning ham foydasi
tegmaydi.
– Jon bobojon!
– Yig‘lama!
– Axir biz tuynukdan Xudoga nola qiluvdik-
ku, bobojon?
– Xudo ularning jazosini beradi, azamatim.
– Baribir kelishsa tizzalarini tishlayman,
betlarini timdalayman.
– Unday qila ko‘rma, o‘g‘lim.


Jannati odamlar
257
– Ana, enajonim ham yig‘layaptilar. Nega
yupatmaysiz?
Bitta enangmas, butun qo‘rg‘oncha yig‘layapti,
butun yurt yig‘layapti, o‘g‘lim.
Ko‘cha eshigimizdan qatorlashib chakmoniga
yaltiroq tugmalar qadab olgan to‘rtta askar, ketidan
bolta, arra ko‘tarishib ashula aytgan komsomol
akalar kirib kelishdi.
Askarlar to‘g‘ri bobojonimning oldiga kelib:
– Erkavoy Hojimat o‘g‘li? – deb so‘radi.
– Ha, Hojimat o‘g‘li, – dedi bobojonim.
– Bog‘ yaxshi.
– Ha, yaxshi.
– Bog‘ buziladi.
– Ha, buzasan endi.
– Ayb bizda yo‘q.
– Ha, senda yo‘q.
Yana askar aka ancha narsa so‘ragan edi, bobom
javob qaytarmay, teskari qarab o‘tiraverdi. Zahro
xolam bilan enajonim ovoz chiqarmasdan yig‘lashdi.
Bobojonim, hammasi Xudodan, hammasi Xudodan,
deb ko‘ngillarini ko‘targan bo‘ldi. Boqqa chiqsam,
e, komsomol akalar allaqachon daraxtlarni kesi-
shayotgan ekan. Men yaxshi ko‘rgan gilosniyam
yiqitishyapti. Endi bir martagina hosil qiluvdi.
Yozda mevasini ko‘z-ko‘zlab yevdim. Ekayotganda
tanasini ushlab turuvdim, mevasi shirin bo‘lsin
deb tagiga tuproq ham tashlovdim.
– Bobojon, – deya orqamga qaytdim, – mening
gilosimniyam kesishyapti, molxonaning orqasida
bor edi-ku, ikkovimiz ekkan.
– Hoy, musulmonlar, hoy, ular hali niholcha-
ku, – shunday deb bechora bobojonim kavushini



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling