Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
252
bongga o‘xshab bir-biridan go‘zal imoratlar qurasan,
uxla endi azamatim.
– Voy, enajon, hammasini qilolmayman-ku!
– Navbati bilan qilasan-da.
– Imoratga mix ko‘p ketadimi?
– Ha, juda ko‘p ketadi.
– Mixni nimadan qilishadi.
– Uxla deyapman.
 BOG‘LARIMIZ YONA BOSHLADI 
O‘
sha kundan buyon har kuni otliq amakilar
kelishadi. Uyma-uy yurishadi, bog‘larimizni g‘al-
takka o‘ralgan ip bilan o‘lchab, Erka cholniki uch
tanob, Ahmadqul boboyniki to‘rt tanob deb, qalin-
qalin daftarlarga yozishadida:
– Bugundan qolmay ko‘chasizlar, – degan
gaplarni aytishardi.
– Tirik bo‘lsak ko‘chmaymiz, – deyishadi
bobojonlar.
– Hukumatga qarshi bo‘lsangiz qamalasiz, –
deydi boshliqlar.
– E manqa, sen hukumat emassan-ku, – deydi
Ahmadqul bobom.
O‘sha, sen manqa, hukumat emassan-ku, degan
kuni kechqurun Ahmadqul bobomni qamoqqa olib
ketishdi. Teskari tashviqot yurg‘izgan ekan.
O‘g‘illari, qizlari, Hayitvoy o‘rtog‘im – hammalari
yig‘lashdi. O‘zimning enam ham yig‘ladi, faqat
bobojonim yig‘lamay, ko‘zini yumib jim yotaverdi.
Ertalab tursak, yo‘q, azon vaqti edi, bobom o‘rnidan
turolmagani uchun o‘tirib namoz o‘qiyotuvdi, enam
o‘choqqa o‘t qalab bo‘lib sigirimizni soqqani kirib


Jannati odamlar
253
ketuvdi, o‘zim turgani erinib, bugun namoz o‘qi-
mayman, ertaga ko‘proq o‘qirman deb, ko‘rpadan
boshimni chiqarib yotuvdim.
Juda ko‘p otlarning tuyoq tovushi eshitilib,
ko‘cha tomon tapir-tapir bo‘lib ketdi. Oyim qish-
loqdagi kazarmada askarlar turishadi-da, o‘shalar
bo‘lsa kerak deb, juda-juda ko‘rgim kelib
ko‘chaga qarab yugurmoqchi bo‘luvdim, bobo-
jonim:
– Yer zax, oyog‘ingga kavushingni ilib ol, –
dedi.
– Ilsam kechga qolaman, – deb oyoqyalang
yugurdim.
Rost, askar akalar ekan. Bo‘rihovuz tomonga
burilishayotganini êî‘rib qoldim.
– Tinchlikmi? – deb so‘radi bobojonim.
Askarlar keldi, – dedim sevinib.
– E, attang, – bobojonim boshini chayqab-
chayqab oldi, – yaxshilik belgisi emas bu, bolam.
– Nega, urush bo‘ladimi?
– Qaytaga urush bo‘lgani yaxshi edi.
– Nafasingizni issiq qiling, – urushib berdi
bobomni enajonim.
Birpasdan keyin mashinalarning bit-bit deb
signal chalgani, traktorlarning tarillagani eshitila
– boshladi. Nonushta qilgim kelmadi. O‘sha yoqqa
borgim kelaverdi. Yo‘q, keyin borsam ham
bo‘lardiyu mendan oldin Hayitvoymi, Murodjonmi
borishsa, biz sendan oldin keldik, hammasini
sendan oldin ko‘rganmiz, deb maqtanishadi-da,
shuning uchun nonushta qilgim kelmadi.
– Bobojon, mollarni optovchuvoqqa olib chiqib
bog‘laymi? – deb so‘radim.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling