Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 247
Xudoyberdi To‘xtaboyev
246 loga qoldi, degan gaplarni aytishibdi. Ahmadqul bobom sabr qilinglar, bir ilojini qilaman, lekin chizgan chizig‘imdan chiqmaysizlar, debdi. Pakana melisani chaqirib: – Hoy yigit, yaxshi odamning bolasiga o‘xshay- san, beriroq kel, – debdi. Pakana amaki derazaga yaqinroq kelgan ekan: – Musulmon odamning bolasimisan? – degan savolni beribdi. – Xudoga shukr, – degan javob qaytaribdi. – Xudo xohlasa, onang ham musulmondir. – Alhamdulilloh. – Namozning savobi ko‘p bo‘ladi, bilasan, a, o‘g‘lim? – Bilaman, otaxon. – Barakalla, o‘g‘lim. Endi bizga ozgina tahorat suvi bergin. Shomni o‘qib olaylik. Savobini o‘zingga bag‘ishlaymiz, – deb yumshoqqina qilib gapiribdi Ahmadqul bobom. Melisa amaki savobni yaxshi ko‘rarkan-da, darrov qumg‘onda suv ilitib kelib, oldilariga kirgan ekan, bobojonlar bismillohir rahmonir rahim, deb bechorani yerga bosishibdi. Qo‘l-oyog‘ini bog‘la- shibdi, keyin tashqariga chiqib och qolganidan to‘xtamay hangrayotgan eshaklarini minib buyoqqa qo‘rg‘onchaga qarab qochishibdi... Bu gaplarning hammasini men hali aytdim-ku, Ahmadqul bobomning o‘zidan eshitdim. Uylarida Hayitvoy o‘rtog‘im, Abduhalim, Dilijon, hammamiz barmoq yashirar o‘ynab o‘tirgan edik, bobom hov- liqib kirib keldi-da, eshagini ham bog‘lamay, tumandan qanday xush xabar olib kelarkan deb o‘tirganlarga mana shularni aytib berdi-yu: Jannati odamlar 247 – Endi hammalaring uyingga tarqal, – dedi achchig‘i chiqib. Hamma qo‘rqib ketdi. Menam qo‘rqdim. Hozir kelib melisa qamab qo‘yadi, deb qo‘rqdim. Uyimizga qarab chopdim. Borsam enajonim charx yigiryapti. Bobom oyog‘i og‘riyot- gan bo‘lsayam, sandalning ustiga bir savat mayiz qo‘yib olib, cho‘pini tozalayotgan ekan. Eshitgan- larimni aytib berdim. – Obbo Ahmadqul-ey, – dedi o‘zimning bobo- jonim sal-pal kulib, – lekin o‘g‘lim, sen qo‘rqma, Ahmadqulni qamashmaydi, tegirmonga tushsayam butun chiqadi u. Shunchaki bir siyosat qilishibdi, xolos. – Arslonim, qo‘lingni yuv, – deb yelkamni siladi enajonim, – tezroq shavlangni yeb olgin, hozir o‘rtoqlaring keladi. Voy, chindan ham enajonlari, buvijonlari bilan qo‘l ushlashib bittasi buvijonining charxini ko‘ta- rib, bittasi pilta savatini ko‘tarib o‘rtoqlarim kela boshlashdi. Eng oldin cho‘loq Qo‘zivoy, undan keyin etigining bir poyini sandalda kuydirib olgan Murodxonlar ham kelishdi. Enajonim, hammalaring o‘choqning yonida, mo‘riga yaqinroq o‘tirib ana shu mo‘ri orqali Xudoi taologa nola qilasizlar, sizlarda hech gunoh yo‘q, pokizasizlar, bokirasizlar, nolalaring Xudoga tez borib yetadi, shunda bog‘- larimiz buzilmay, o‘rigu uzumlarimiz o‘zimizda qoladi, mazza qilib yeb yurasizlar, aytganimni qilsalaring cho‘ntaklaringni to‘ldirib o‘rik, mayiz solib beraman, anor so‘yib beraman, nok archib beraman, dedi. – Voy, xolajon, men hech narsa bilmayman- ku, – shoshilib so‘radi Hayitvoy. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling