Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
248
– Aylanaylar, o‘zim o‘rgatib turaman, – deb
javob qaytardi enajonim.
– Men qattiqroq nola qilsam nokdan ikkita
berasizmi? – so‘radi Dilijon o‘rtog‘im.
– Beraman, arslonim, hammalaringga beraman.
Enajonim o‘rgatib turdi, hammamiz tuynuk
tomonga bo‘ynimizni cho‘zib nola qila boshladik:
– E Xudo, bog‘imizni î‘zing asra.
– E Xudo, zolimning zulmini daf qil.
– E Xudo, mevalarimiz jannatdan chiqqan,
o‘zing himoya qil.
– E Xudo, biz sag‘irlarni shirin-shakar uzum-
lardan mahrum qilma.
– E Xudo, katta amakilarga, rahbarlarga insof
ber.
– E Xudo, o‘zimning bobojonim tezroq tuzalib
qolsin.
Charchab qolguncha bir-birimizga qiziqishib
nola qilaverdik. Hayitvoy o‘rtog‘im yong‘oqni ko‘p
olaman deb boshini mo‘rining ichkarirog‘iga tiqib
baqirdi, hammayog‘i qorakuya bo‘lib ketdi. Sanam
buvi bilan puchuq Dilbarxon pichirlab nola
qilishdi... Keyin enajonim hammamizning cho‘n-
tagimizni to‘ldirib o‘rik, yong‘oqlardan solib berdi.
Rosa mazza qildik.
 ENAJONIM AYTGAN ERTAK 
– 
E
najon, baribir, Vatan deganingizga tushun-
madim.
– Katta bo‘lganingda tushunasan, î‘g‘lim.
– Voy, kecha, sen endi katta yigit bo‘p qoiding,
dedingiz-ku!


Jannati odamlar
249
– Uxla, arslonim.
– Uyqum kelmayapti, ko‘zimni yumsam aji-
nalar ko‘rinadi.
– Vatan... shu qishlog‘imiz-da, azamatim...
– Yo‘q; aldayapsiz. Olim tog‘am bilan Odil
tog‘amlarni Vatan yo‘lida shahid bo‘ldi, dedingiz-
ku.
– Ha, aytganman.
– Yana ayting!
– Uxla deyapman.
Uxlamayman, aytmasangiz, sigir soqqaningizda
buzoqchani ushlab turmayman, o‘chog‘ingizni
kulini ham olmayman, bildingizmi!
– Xo‘p, ertak aytay bo‘lmasa, baribir, sendan
qutulib bo‘lmaydi shekilli, arslonim, faqat gap
qo‘shmay turasan.
– Gapirmasam, uxlab qolaman-da.
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan... Qo‘lingni
biqinimdan ol î‘g‘lim, qitig‘im kelyapti... Qadim-
qadim zamonda bir podsho yashagan ekan, gulni
yaxshi ko‘rarkan, dunyoning qaysi burchagida
chiroyli gul bor deb eshitsa, darhol ko‘chatidan
oldirib kelib gulzorga o‘tqazar ekan, gulzori
shunday katta ekanki, ming tanobdan ham ko‘p
ekan, gulzorlar orasidagi ariqlardan sharaqlab zilol
suvlar oqib yotarkan, podsho gulni qancha sevsa
qushlarni ham shuncha yaxshi ko‘rarkan. Olamdagi
barcha go‘zal qushlardan namuna keltirilgan ekan.
Bog‘ bamisoli jannatdek bo‘lgan ekan, zilol suvlar-
ning shildirab oqishi, qiyg‘os ochilgan gullarning
shabbodada mayin tebranishi, sayroqi qushlarning
yoqimli ovozi bog‘ning fayzi-tarovatini oshirarkan...
Poshshoning bir suyukli xotini bo‘larkan, Malika



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling