Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 241
Xudoyberdi To‘xtaboyev
240 manlar qishlog‘imizni bosib olarkan, hammani qul qilarkan. – Hozir qul emasmizmi? – deb so‘radi Ahmadqul bobom. – Xudoga shukr, hozir ozodmiz, – dedi bitta qulog‘i yo‘q rais amaki. – Ozod bo‘lsak nega bog‘imizni buzasan, chinoq? – Otaxon, chinoq demay gapiring. – Bitta qulog‘i yo‘qni chinoq deyishadi-da. – Gap shu, – dedi rais amaki,– Begovot ariqdan pastdagi hamma bog‘lar buziladi. Mana, kattalarning buyrug‘i yozilgan qog‘oz qo‘limda turibdi... Kim bo‘yin tovlasa, qamaladi, gap tamom! – O‘, Chinoq, – yana gapirdi Ahmadqul bobom, – mening bog‘imga tega ko‘rma, uyimda Istalin boboning to‘rtta surati bor, osib qo‘yganman. Ahmadqul cholga deb barmog‘ini ham bosib bergan. – O‘rtoq Stalin barmoq bosmaydi, kallava- ram chol. – E, o‘zing kallavaram cholsan, chinoq. Keyin ijroqo‘m bobo gapirdi, keyin melisa amakilar gapirdi. Bir tup olma, bir tup nok bir oilaga yetarkan, qolgani bari bir tagiga to‘kilib, chirib ketarkan. Shuncha bog‘ning endi kimga keragi bor ekan. Paxta esa hammaga har kun kerak bo‘larkan. – Xo‘sh, ustingizdagi to‘n nimadan? – deb so‘radi ijroqo‘m bobo. Hech kim javob qaytarmadi, ustidagi to‘nini ushlab ko‘rdi xolos. – Paxtadan, – dedi pakana melisa. – Ko‘ylagingiz-chi? Jannati odamlar 241 – Paxtadan. – Lozimingiz-chi? – Paxtadan. – Ishtonbog‘ingiz-chi? – Paxtadan. – Ko‘rpangiz-chi? – Paxtadan. – Obro‘yingiz-chi? – Paxtadan. – Tarillab turgan traktor-chi? – Paxtadan. – Qozonga quyadigan yog‘ingiz-chi? – Paxtadan. Ijroqo‘m bobo bilan melisa amakilar ana shunaqa suhbat qilishaverdi-qilishaverdi, Odamlar boshlarini mana bunday egib, jim turishaverdi, turishaverdi. Men ham, Hayitvoy o‘rtog‘im ham jim turaverdik. Ijroqo‘m bobo, hozir borib bog‘lardagi daraxtlarni kesinglar, qarshilik ko‘rsatgan o‘n yilga qamaladi, degan gapni aytdi. Keyin otlariga minib, jo‘nab ketishdi. To‘n yopingan buvilar yig‘lashdi, chol bobolar bir narsalar haqida suhbatlashishganida, biz eshitolmay qoldik. Oxiri maslahatlashish uchun o‘zimning bobomning oldiga kelishdi. – O‘, ellikboshi, biror narsa desang-chi, – dedi Matmusa bobom, – baribir foydali gap o‘zingdan chiqadi. – Α, zolimlar, î‘ zolim zamona, dediyu bobo- jonim hech foydali gap aytmadi. Yana maslahat qilishdi. Oxiri Istalin boboning suratini topib, bog‘larimizning eshigiga osaylik, u kishining farishtasi ko‘p ulug‘, hech kim meva- larimizni kesolmaydi, deyishdi. Kechasi bilan hech |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling