Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 235
Xudoyberdi To‘xtaboyev
234 O‘sha kuni qattiq shamol esayotuvdi. Enajonim, «Xudoning marhamati esyapti, yerlarni quritadi, daraxtlarni qish uyqusidan uyg‘otadi, o‘t-o‘lanlar o‘sib chiqadi; shamol emas, orombaxsh bahorning elchisi bu», deydi. Qorong‘u tushgandan keyin shamolning guvillashi yana kuchaydi. Xuddi Qora devlar tomimiz ustiga o‘tirib olib, tuynugimizdan puflayotganga o‘xshaydi. Qo‘rqib, oyog‘i shishib butunlay yotib qolgan bobojonimning pinjiga kirib oldim. Enajonim, «Tur bolam, chiroqni ushlab tur, mollarga xashak solib chiqaylik, keyin yotamiz, yaxshi ertaklar aytib beraman», devdi, «molxonaga kirgani qo‘rqaman, shamol kelgan kechasi u yerga qora devlar qamalib oladi», – deb ko‘nmay, bobojo- nimning pinjiga battarroq berkinib oldim. Enajonim molxonadan chiqib tanchaga o‘t solish uchun o‘choqqa endi olov yoqayotgandi, ko‘cha eshigimiz oldin sal pastroq, keyin xuddi birov tosh bilan urayotgandek, qattiq taqillab qoldi. Enam ikkovimiz chiqib tanbani tushiruvdik, ie, ie, Eshon bobom turibdilar, rost aytyapman. Devga o‘xshagan, nov- cha bo‘yli, mo‘ylovi buralib-buralib qulog‘ining orqasiga borib qolgan bitta amaki ham turibdi. O‘sha devga o‘xshagan amaki «bir qo‘li bilan devlar minadigan katta otning jilovidan ushlab, boshqa qo‘li bilan Eshon bobomning qo‘ltig‘idan ko‘ta- ribroq» olgan. – Voy xudoyim-ey! – dedi enajonim. – Robiyabibi, men yana tashvish bo‘lib keldim, – zo‘rg‘a nafas olib dedilar Eshon bobom. – Voy, yaratganga shukr-ey, – dedi enajonim yana. – Erkavoy uydami? Jannati odamlar 235 – Marhamat, kiraversinlar, uydalar. – Yo‘q, chaqiring. Men shu yerdan ketaqolay. – Voy, Hazratim, unday demasinlar. Shu paytda hassasiga tayanib, cho‘loqlanib, bobojonimning o‘zi chiqib keldi. Achomlashib ko‘- rishib ketishdi. Devga o‘xshagan amaki bilan ham qo‘l berib so‘rashishdi. – Qani, ichkariga mehmon, otga ham joy bor, – dedi bobojonim. – Erkavoy, men yana qochib keldim. – Xudoning marhamati bu, pirim. – Meni deb boshingiz yana baloga qolmasin, ketaqolay. – Pirim, siz uchun hamma narsaga tayyormiz. E, gaplaridan hammasini bilib oldim. Eshon bobomni bu gal ham yana melisa amakilarning o‘zlari qochirishibdi. Devga o‘xshagan amaki ham melisa ekan. Faqat yelkasida pogoni yo‘q xolos, otiyam o‘ziniki ekan. – «Oq machit»danman dedingizmi, o‘g‘lim, – deb so‘radilar Eshon bobom amaki bilan xayr- lashayotganda. – Ha, o‘sha yerlikman, otaxon. – Yoqubboyning o‘g‘limisan? – Ha, o‘sha kishiga farzand bo‘lamiz. – Ismingiz Halimboymidi? – Xuddi shunday, pirim. – Iloyo ovmin, – fotiha o‘qidilar Eshon bobom, – tikilib kelgan balodan, notavon tuhmatu bemahal o‘limdan o‘zi asrasin. Xudo umr bersa qishlo- g‘ingizga borib sizdek farzandni tarbiyalagan ota- onangizga rahmatlar aytarman, iloyo ularni ham o‘z panohida asrasin! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling