Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 233
Xudoyberdi To‘xtaboyev
232 boboylar, mana bu qog‘ozlarga qo‘l qo‘yinglar, debdi. E, bolam, biz qo‘l qo‘yishni bilmaymiz, kerak bo‘lsa barmog‘imizni siyohingga bosib bera qolaylik, deyishib bismillohu rahmonir rahimni aytib mana bunday, mana bunday qilib barmoqlarini bosishibdi. Peshonasi yaltiroq boshliq eng katta boshliqning oldiga kirib ancha mahal yo‘q bo‘lib ketibdi. Bobo- jonlar hozir Xoneshon hazratlarini boshlab chi- qishsa kerak, quchoqlashib ko‘rishib keyin qish- loqqa olib ketsak kerak, Ahmadqul, sen hali yoshsan, eshagingni Hazratga berib, o‘zing to‘qi- midan ushlab piyoda ketasan, deb maslahatlashib turgan ekan, bir mahal peshonasi yaltiroq boshliq qovog‘ini solib, yig‘lamsiraganroq bo‘lib chiqibdi- da, uh tortib, hammalaring xo‘jayinning oldiga kirasizlar, debdi. Buyog‘i chatoq bo‘pti, juda-juda chatoq bo‘pti. Etigida g‘archi bor boshliqning fe’li aynab qolibdi. Qochoqni, davlat jinoyatchisini berkitganlaring uchun hammalaring qamalasanlar, mana, ayblaringni bo‘yinlaringga olib, barmoq- laringni bosib ham beribsizlar, deb baqiribdi. Baqirganda ko‘zi ola-kula bo‘lib ketibdi. Ertak- lardagi vajohati xunuk devlar bo‘ladi-ku, ana shunaqa bo‘lib ketibdi. Bobojonlar qo‘rqib ketishib- di. Hammadan ham ko‘proq Ahmadqul bobom qo‘rqib, e, man qamalib ketsam, nabiram Hayitvoy- ning to‘yini kim qilib beradi deb o‘ylabdi. Matmusa bobom, mening o‘g‘lim tumanning izvoshida yuradigan kattasi-ku, meni qamashmasa kerak deb o‘ylab, ozroq qo‘rqibdi. Etigida g‘archi bor boshliq o‘rnidan turib: – Uhh! – debdi. Chol bobolar: Jannati odamlar 233 – E, xudoyim-ey! – deyishibdi. – Nega qochoq eshonni berkitganlaringni bo‘yinlaringga oldilaring? – deb so‘rabdi. – Rost gapni aytdik-da, boshliq o‘g‘lim, – deyishibdi bobojonlar. – E, rost gapni aytadigan zamonmi hozir, kallavaram chollar, – ana shu gapni aytgandan keyin katta boshliq aftini jiyirib, yana uh tortibdi. O‘ylanibdi, o‘ylanaveribdi. Nima haqda o‘yla- nayotganini hech bilib bo‘lmas emish. Oxiri yana bir uh tortibdi-da, mayli, sizlar boraveringlar, lekin Eshon hazratlarini hozircha bo‘shatolmay- man, mening ustimda yana o‘nta boshliq bor, bittasini ko‘ndirsam boshqasini ko‘ndirolmay- man. Hazratga men ham achinaman, men ham musulmon odamning farzandiman, tezroq keting- lar endi, debdi-da, bobojonlarga javob berib yuboribdi. Hali aytdim-ku, bu gaplarning hammasini Ahmadqul bobomning darichasi yonida o‘tirib eshitdik. Hayitvoy ham eshitdi, Murodxon o‘rto- g‘im ham eshitdi. Hayitvoy, katta bo‘lsam, melisa- larga boshliq bo‘laman-da, hamma Eshon bobolarni qamoqdan chiqarib yuboraman, dedi. Murodxon o‘rtog‘im o‘rnidan turib, e, qornim ochib ketdi, uyimizga ketaman, dedi. Men bo‘lsam, hech narsa demadim. Yig‘lagim kelayotgandi-da, yig‘lagim kelganda hecham gapirolmayman. Eshon bobom endi qorong‘u uyda, yolg‘iz o‘zlari o‘tiradilar, qornilari och qolsa, choy ichgilari kelsa hech kim ovqat bermaydi. Taglariga ko‘rpacha ham solish- maydi, boshlarida yostiq ham yo‘q... Ana shularni o‘yladim-u sal-pal yig‘lagim kela boshladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling