Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
225
– Voy, bobojon, yig‘layapsizmi? – dedim sho-
shilib. Ko‘zimni yumib o‘tirgandim-da, shuning
uchun ko‘rmay qolgan ekanman.
– Ha, yig‘layapman, o‘g‘lim.
– Yig‘lamang, unda menam yig‘layman.
– Tog‘alaringni eslab ketdim. Ho‘ anavi novcha
o‘sgan yong‘oqning niholchasini ekayotganimda
rahmatli katta tog‘ang ushlab turuvdi, nazarimda
endi daraxtga aylanib, ikkovimizga tikilib turgan-
day. Otajon, mana men o‘lganim yo‘q, bo‘yim ham
hammanikidan baland, mevamni yeganlar meni duo
qilishyapti, deyotganday.
– Bobojon, yig‘lamang, jon bobojon, – deb
yolvordim, – mana men o‘lganim yo‘q-ku, yonin-
gizda turibman-ku, bog‘bon bo‘laman dedim-ku.
O‘rnimdan turib bobojonimni achomlab, bet-
laridan, soqollaridan o‘pa boshladim. Enam ko‘p
yig‘laydiyu, uni yupatishim oson bo‘ladi, bo‘yniga
osilib, ozgina yolvorsam, yupanadi qoladi. Bobo-
jonimning bo‘lsa yig‘laganini kam ko‘rganman.
Shuning uchun qanday yupatishniyam bilmayman.
Nima qilsam ekan, mana soqoliniyam tarayapman,
sochi yo‘q boshiniyam silayapman, yuzlaridan ham
o‘payapman.
– Bobojon, men ham qiziq-qiziq narsalar aytib
beraymi? – deb so‘radim oxiri betini hovuchimga
olib, yuzini yuzimga qaratib.
– Ayt, î‘g‘lim, ayt, – dedi bobom xo‘rsinib.
– O‘tgan yili daraxtlar gullaganda bog‘ni
aylantirib aytuvdingiz-ku, hammasi esimda turibdi.
Qani ayt-chi, o‘g‘lim.
– Mana bodom hamma daraxtdan oldin gul
chiqarib, keyin barg chiqaradi. Esimdamikan?


Xudoyberdi To‘xtaboyev
226
– Ha, esingda ekan, o‘g‘lim.
– Bodomdan keyin gilos gullaydi. Uyam oldin
gullab, keyin barg chiqaradi. Guli bilan bargi
barobar chiqsa, mevasi mayda bo‘p qoladi.
Oq o‘rik erta gullaydi. Kechpishar o‘rik bir
vaqtda ham barg chiqaradi, ham gul chiqaradi.
Bilarkanmanmi?
– Barakalla, o‘g‘lim, barakalla.
– Behi bilan anor oldin barg chiqarib, gulga
navbatni keyin beradi. Ular kech pishadi-da.
Shuning uchun hech shoshmaydi. Qaysi meva erta
pishsa, o‘shaning guli bargidan oldin ochiladi. Barg
chiqquncha g‘o‘ramizni tugib olaylik, bo‘lmasa
bizga ovqat yetmay qoladi, deyisharkan... Yon-
g‘oqning guli bir qarich bo‘lib osilib chiqadi. Anjir
gullamasdan ham meva qilaverarkan, o‘zingiz
shunday degansiz.
– Azamat o‘g‘lim-ey, hammasi yodingda ekan,
barakalla.
– Bobojon, endi yig‘lamaysizmi?
– Bo‘ldi, o‘g‘lim, endi hech yig‘lamayman,
o‘rinbosarim bor ekan. Xudo xohlasa, zo‘r bog‘bon
bo‘lasan, endi ikkovimiz ham savobning tagida
qolamiz.
– Bobojon, Eshon bobom, sen Xudo xohlasa,
machitga imom bo‘lasan, devdilar-ku, endi qaysi
birini qilaman?
– Ikkoviniyam qilaverasan, o‘g‘lim. Kunduzi
bog‘dayu kechqurun machitda bo‘lasan.
Ikkoviyam savob, rahmat ustiga rahmat
yog‘iladi... Kel bir achomlashaylik. Mehrim tovlanib
ketdi, Xudoga shukr, ming qatla shukr, o‘rinbo-
sarim, bog‘larimning kichkina bog‘boni... Bobojo-



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling