Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 218
Jannati odamlar
217 shimiz kerak, daraxtlarni butashimiz kerak, og‘il- xonadagi go‘ngni boqqa tashishimiz kerak, ariqlarni tozalashimiz kerak, keyin bobojonim borib Zahro xolamning tokini kesib berishi kerak, keyin terak- zorimizning orqasidagi har xil ko‘chatlarni ko‘- chirib, egalariga eltib berishimiz kerak... Ana shularning hammasini yakka bobomning o‘zi qilishi kerak ekan, bechora bobojonim-ey, unga judayam qiyin. – Hadeb uh tortavermang, – deydi ba’zan enam, – kechadan ish qoptimi? – Shunday deysanu, onasi, qarib qolyapman-da. – Qarishni xayolingizga ham keltirmang, – urishib beradi enajonim. – Baribir yolg‘izlik bilinar ekan-da, onasi. – Yolg‘iz emassiz, Xudoga shukr, mana Rah- monjon yigit bo‘p qoldi. – To‘g‘ri, bobojon, – deyman shoshilib o‘rnim- dan turib, – rostdan ham men katta bo‘p qolgan- man. Mana, bo‘yimni ko‘ring. Ana shunaqa gaplardan har kuni gaplashishardi- da. Katta yigit bo‘p qoldim desam ham meni uyg‘o- tishmabdi, alam qildi. Enam sut pishirib qo‘ygan ekan, bir kosa quyib non to‘g‘rab ichib oldim-da, botinkamni kiyib, endi yangi etigimni kiymayman, uni qishda, qor yoqqanda kiyaman, boqqa chiq- sam, voy, enam yo‘q, bobomning o‘zi ishlayotgan ekan. Bizning bog‘imiz judayam katta, har xil uzumlar, ertapishar o‘riklar, nordon, shirin anorlar, yerga yotib hosil beradigan sariq anjirlar, eh-he, juda ham mevamiz ko‘p. Hammasini bobojonimning o‘zi ekkan. Atrofdagi devorlarini ham yakka o‘zi urgan. Bobomning kafti katta-da, bir ketmon loy Xudoyberdi To‘xtaboyev 218 eltadi. Faqat men anjirni yomon ko‘raman, ichida qurti bor-da, o‘shanisini yomon ko‘raman. Qora gilosni jon-dilimdan yaxshi ko‘raman. Enam, danagi bilan yutmagin, yomon bo‘ladi, deydi. Danagini ajratgani erinamanda, yeb yuboraveraman. O‘shan- dayam hech narsa qilmaydi. – Keldingmi, î‘g‘lim, – dedi bobojonim. – Keldim, – dedim. – Nonushta qilib oldingmi? – Qildim, nega meni uyg‘otmadingiz? – Uyquga bir to‘yib olgin dedim-da. – Anuv kuni o‘zingiz, o‘g‘lim, endi boqqa chi- qib birga ishlaymiz, gaplashib-gaplashib ishlaymiz, devdingiz. – Ha, aytuvdim, endi gaplashib ishlaymiz. – Gapiring bo‘lmasa. Bobom o‘zi gapirishni bilmaydi-da, hozir ham gap topolmay tokqaychi bilan qiyt-qiyt etkazib nov- dalarni kesaverdi. Voy, novdalarni kesib tashlasa, uzum qayerda pishadi, to‘g‘rimi? Shu haqda so‘ragandim, sen tokpillalarni teraver, yo‘g‘onini bir boshqa, ingichkasini bir boshqa qilib ter, men tushuntirib beraman, dedi. – Termasam-chi? – deb so‘radim. – Unda men ham aytmayman. Bilolmay qiynalib yurasan. – Aytmasangiz men ham o‘ynagani ketib qolaman. Siz ham zerikib o‘tirasiz. – Obbo o‘g‘lim-ey, quloq sol bo‘lmasa, soch o‘sganda, tirnoq o‘sganda ortiqchasi qirqib tashla- nadi, shundaymi?. Òîê ham shunaqa, o‘g‘lim. Mana qaragin, mana bu novdalar oqaribroq, nimjongina bo‘p turibdi. Yozda oftob yaxshi tegmagani sabab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling