Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 215
Xudoyberdi To‘xtaboyev
214 darrov tanib: «Xayriyat, xayriyat!» – deb quvnoq ohangda sayrashibdi. Endi ular har kuni bir- birlariga qarab erkaklari «qochamiz, qochamiz» deb sayrasa, urg‘ochilari «ketamiz, yaylovlarga keta- miz» deb churuk chalishar ekan, katta bedana o‘tkir tumshuqlari bilan to‘rni uzish harakatida bo‘lsa, kichik bedana kuchli oyoqlari bilan qovoqni teshmoqchi bo‘lib, tinmay tepkilarkan. Bo‘lmabdi, hech bo‘lmabdi, to‘r uzilmabdi, qovoq teshilmabdi. Bedanalar, uy egasining qovog‘i soliqroq ekan: – Badqovoq, badqovoq! – deb, o‘g‘illarining qorni katta ekan: – Oshqovoq, oshqovoq! – deb, onalarining chap ko‘zidan yosh oqarkan: – Shilpiq, shilpiq! – deb masxara qilib sayrash- da davom etaveribdi. Oxiri bo‘lmabdi, ozodlikka chiqishdan, juftlari bilan qo‘shilishdan umidlari uzilib, behol bo‘lib yotib qolishibdi. Katta bedana tush ko‘ribdi. Onasi uchib kelganmish. O‘g‘illari- ning ahvolini ko‘rib afsuslanganmish. Boshingga mushkul ish tushganda «Yo Olloh» deb sayragin devdim-ku, deb urishganmish. Uyg‘o- nib ketib «Yo Olloh, yo Olloh», deya bor ovozi bilan sayrab yuboribdi, ukasi jo‘r bo‘libdi. Dasht- biyobonlardagi, cho‘l-yaylovlardagi boshqa beda- nalar ham qo‘shilganmish. Yeru ko‘kni «Yo Olloh» degan sehrli sadolar qoplab ketganmish. O‘sha uyda endigina o‘n to‘rt yoshga kirgan – jannat hurlaridck bir ma’suma qiz bor ekan, aqlu odobi joyida, ko‘p rahmdilu shafqatli ham ekan. Xudo uning ko‘ngliga solibdi. U ham uyquda ekan. Beda- nalarning sehrli ovozidan uyg‘onib ketibdi, uyg‘onishi bilan qovoqlarning to‘rini o‘tkir qay- Jannati odamlar 215 chilar bilan qirqib tashlabdi, ozod bo‘lgan bedanalar «Yo Olloh, yo Olloh» deya sayrashib, narigi paykalda ularni intizorlik bilan kutayotgan bo‘lajak juftlari yoniga borib, silashib-siypalashib tug‘ilib o‘sgan o‘tloqlariga qarab parvoz qilishibdi. Turmush qurishibdi. To‘ylari kuni erkaklari urg‘ochilariga bir qopdan qunoq hadya qilibdi. Kevin bola-chaqali bo‘lishibdi. Keyin to umrlarining oxirigacha «Yo Olloh, yo Olloh» deya ozodlik qo‘shig‘ini kuylab, eshitganlarning dilini xushnud etishibdi... Shunday qilib ertak ham tamom bo‘libdi. Uyg‘oqmisan, azamat î'glim, nega indamaysan? – Uyg‘oqman, anavi qizni dadasi urishibdimi? – deb so‘radim. Yo‘q, urishmabdi, uni Olloh o‘z himoyasiga olibdi. – Keyin nima bo‘pti? – deb so‘radim yana. – Keyin o‘sha qiz juda baxtli hayot kechiribdi, uzoq yashabdi, yuz yildan ortiq umr ko‘ribdi. Olamdan o‘tgach Olloh, qushlarga mehribon bo‘lgani uchun, barcha gunohidan o‘tib, jannatdan joy beribdi. Bo‘ldimi, boshqa savoling yo‘qmi? – Bor, – dedimu, uyog‘ini aytolmay uxlab qoldim... Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling