Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 208
Jannati odamlar
207 bo‘lsam masjidga imom bo‘laman, Hayitvoy, Dilijon o‘rtoqlarimga rosa maqtanaman... Zo‘r bo‘pti, zo‘r bo‘pti, xayriyat, xayriyat deb o‘ylayotgandim, Esonqul bobom, hoy bola, echkiga o‘xshab hadeb sakrayvermagin, dedi. Xayolga berilib turgan joyimda o‘yinga tushayotgan ekanman, uyalib ketdim. Choy damlayotganimda ham yana xayolga berilaveribman. Ahmadqul bobom: – Rahmonberdi, bobongga o‘xshab ko‘knori ichib olganmisan, – deb urishdi, – qumg‘ondagi suvni choynakka emas, yerga quyyapsan-ku. Voy, rostdan ham qaynagan suvning yarmini yerga to‘kib qo‘yibman, zo‘rg‘a qaynatuvdim-a, endi battar uyalib ketdim. Qochib chiqib ketardimu qiziq-qiziq gaplarni eshitmay qolaman-da. Eshit- sam, hammasini enajonimga aytib xursand qilardim. Undan keyin men bolalarning gapidan ko‘ra mana shu chol bobolarning gapini yaxshi ko‘raman. O‘rtoqlarim bilan o‘ynab turganimda bobolar to‘planishsa, darrov o‘sha yoqqa qarab chopib ketaveraman. Nega men shunaqa ekanman? Nega shunaqaligimni enam ham bilmas ekan. O‘zi sen aqllisan-da, yana ham aqlli bo‘lging keladi-da, deydiyu boshqasini aytmaydi. Endi o‘nta qo‘yni qanday yig‘sak ekan, deb maslahat qila boshlashdi. G‘ulom bobom, Eshon hazratlari ko‘p tabarruk zot, u kishini qutqarsak, dinimizni, imonimizni qutqargan bo‘lamiz. Zo- limdan qochib himoya so‘rab to‘ppa-to‘g‘ri bizning qo‘rg‘onchaga keldilar. Biz u hazratni himoya qilolmay qo‘lga tushirib qo‘ydik. Endi qutqarish ham bizning zimmamizda. Xudo xohlab mana qutqaryapmiz ham. Xudoga ming qatla shukr, hali Xudoyberdi To‘xtaboyev 208 yurtimiz imonsiz bo‘lganicha yo‘q, xayr-ehson ko‘tarilgani yo‘q. Mayli, kafansiz ko‘milaylik, ammo hazratimizni o‘zimiz qutqaramiz. Xudo xoh- lasa, chin dunyoga borganda yuzimiz yorug‘ bo‘ladi, degan gaplarni aytdi. O‘zimning bobom yiqqanimizcha yig‘aylik, yetmasa mayli to‘rt yashar buqam bor, semirib tuyacha bo‘p ketgan, o‘shani sotsam, oltita qo‘y beradi, dedi. Ahmadqul bobom: – Menda qo‘y yo‘q hisobi, ikkita echki beraman, – devdi, Esonqul bobom hoy pakana, echkiday ma’ramay tek o‘tir, deb uniyam urishib berdi. Qumg‘on yana qaynagan edi, endi to‘kmasdan juda ehtiyot bo‘lib katta oq choynagimizga damla- dim-da, bobomning oldiga keltirib qo‘yib qulog‘iga: – Mening yong‘oqlarimni sota qolaylik, o‘shangayam qo‘y olsa bo‘ladi, – deb shivirladim. – Jim o‘tir, – deb qo‘ydi bobojonim. – Jon bobojon, î‘sha yong‘oqlarni sota qolaylik. – Jim deyapman. – Cho‘yan soqqalarimniyam sotsa bo‘ladi, hamma bolalar menga sot, menga sot deb yuri- shibdi. – Bor, ko‘chaga chiqib birpas o‘ynab kelgin, gapga qo‘shilavermasdan, – deb bobom ovozini baland qilib meni urishib berdi. Alam qildi, judayam alam qildi. Eshon bobom kelganlarida menam qo‘y olib berganman, derdim, barakalla mulla o‘g‘lim, derdilar. Endi bobomga hecham choy qaynatib bermayman, qaynatsam yarmini yerga to‘kib tashlayman, ajab bo‘lsin, soqoliniyam tara- mayman. O‘ynab kel, o‘ynab kel emish. O‘ynagani |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling