Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 210
Jannati odamlar
209 chiqib bo‘pman. Nariroqqa borib kigizga o‘tirib oldim. Endi qo‘yni qanday yig‘sak ekan deb mas- lahat qilishayotgandi, o‘sha gaplariga ham quloq solgim kelmay qoldi. Maslahatlari tugagandan keyin Esonqul bobom, hoy Ahmadqul, tilovat qilgin, Matmusaning o‘g‘lini bir duo qilaylik, degandi, darrov xo‘p deb ko‘na qoldi. Shu bobomning ovozi o‘zi juda zo‘r-da, enajonim ham uning tilovatini yaxshi ko‘radi. Juma oqshomlarida ko‘pincha uylariga borib, o‘qitib kelamiz. Ahmadqul bobomning o‘zi Xudo mendan bo‘yni olib, o‘rniga ovoz bergan deydi. Haqiqatan ham ovozi xuddi xumning ichidan chiqayotganday jaranglab, odamning uyqusini keltiradi. Necha martalab uxlab ham qolganman. Hozir ham yoqimli, erkalovchi ovoziga quloq solib uxlay-uxlay deb turuvdim, tilovati endi yarim bo‘luvdi, Ahmad- qul bobomning o‘zi kulib o‘rnidan turib ketdi, turgandan keyin ham xaxolab kulaverdi. – Jinni bo‘ldingmi, – urishib berdi Esonqul bobom. – Jinni bo‘ldim, jinni bo‘ldim, – deb Ahmadqul bobom battar kuldi. – Nima bo‘ldi o‘zi? – So‘ramang, amaki, so‘ramang. – Esi yo‘g‘e, gapirsang-chi. – Tavba, hech bunaqasi bo‘lmagan edi, – dedi Ahmadqul bobom kulishdan sal-pal to‘xtab, – qayoqdanam shu Marifxo‘janing nomini tilga oldilaring, bu bolaligida so‘fi bobosining tahorat suviga qalampir solib qo‘yardi. So‘fi bechora orqasini changallab ko‘chada yugurib yurardi, hozir shu esimga tushib ketsa bo‘ladimi... Xudoyberdi To‘xtaboyev 210 Bobolar ham he-helab kulishib olishdi. Endi Esonqul bobomning o‘zi tilovat qildi. Bir o‘qiydi, bir to‘xtab damini rostlab oladi. Men iloyo qo‘ylar ko‘p yig‘ilsin, iloyo eshon bobom qutulib chiqsinlar, iloyo meni tizzalariga o‘tqazib, erkalatsinlar, o‘qish- ni o‘rgatsinlar, iloyo hamma bobolar ham, o‘zim- ning bobom ham hcch o‘lmasin, deb pichirlab o‘tirdim. Tilovatdan so‘ng bobojonim: – Tur, o‘g‘lim, qo‘yni haydashib yuborgin, – dedi. – Bormayman, – dedim arazlaganimni bildirish uchun. – Qo‘y endi, yarasha qolaylik. – Endi siz bilan hecham yarashmayman, – shunday dedimu, baribir qo‘y haydab borayotgan bobolar orqasidan ergashib boraverdim. Esonqul bobomnikidan, Ahmadqul bobomnikidan, Qambarali bobonikidan, qo‘ylarni dumbasidan itarib, ma’ratib olib chiqishayotganda ham orqalaridan ergashib boraverdim. Ertalab to‘rtta bobo to‘rtta eshakka minib, bitta amakini yordamga olib, hamma qo‘yni haydab ketishayotgandayam mozor boshi- gacha orqalaridan ergashib boraverdim. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling