Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 224
Jannati odamlar
223 bobom ham, Qambarali bobom ham shunaqa qiladi. O‘shanda-chi, qattiq gapirmaslik, narsalarni taqillatmaslik kerak. Farishtalar qushlarga o‘xshab hurkib qochib ketar ekan. Farishtalar boshini egib turgan bobolarning qulog‘iga musulmon banda, sen hozir kayfda o‘tiribsan, huzur qilyapsan, o‘zgalarga ham huzurni ravo ko‘rgin, qattiq gapirmagin, yetimlarning boshini silagin, bechoralarga yordam bergin. Yaxshilik qilgan odam jannatidir, sen jan- natisan, jannatisan... deb shivirlarkan. Bobojonimning farishtalarini hurkitib yubor- maslik uchun asta-sekin, oyog‘imning uchida borib, yoniga o‘tirdim. Qulog‘ining atrofiga sinchiklab qaray boshladim. Farishtalar ko‘rinmayapti. Enam tahoratsiz kishiga farishta ko‘rinmaydi, degandi. Hozir mening tahoratim yo‘q-da, o‘shanga ko‘rin mayotgandir. Bobojonim bitta ko‘zini ozgina ochib: – Keldingmi, î‘g‘lim, – dedi. – Keldim, – dedim sekingina. – Shunday, î‘g‘lim, bu dunyoga hammamiz mehmonmiz, – asta-sekin gapira boshladi bobom, – lekin mehmon ekanman deb dasturxonni qoqlab ketsak odobdan emas. Kimlarningdir dasturxoniga biz ham oz-ozdan noz-ne’mat tashlab ketishimiz kerak... Mendan keyin sen ham bog‘bon bo‘lgin, î‘g‘lim. Mana shu toklarni, o‘riklarni, bodomu yong‘oqlarni, anjiru anorlarni senga qoldirib ketaman. Egasi o‘zing bo‘lasan, meni qancha sevsang, ularni ham shuncha sevgin. Bog‘ yaratgan, uni parvarish qilgan kam bo‘lmaydi. U dunyosi ham, bu dunyosi ham obod bo‘ladi. Eshitganmisan? – Yo‘q, bobojon, men hech narsa eshitganim yo‘q. Xudoyberdi To‘xtaboyev 224 – Kampirning hech narsasi yo‘q ekanu hovlisida bir tupgina teragi bo‘lgan ekan. Tagini choparkan, o‘g‘it solarkan, chelaklab suv quyarkan-da, to‘g‘ri î‘s, teragim, to‘g‘rilikda hikmat êî‘p, deb silab- siypalarkan. Yillar o‘tib, terak osmon barobar bo‘libdi. Podsho qasr solayotgan ekan, to‘g‘ri o‘sgan terak kerak bo‘libdi. Butun mamlakatni axtaribdi, topilmabdi. Kampirnikida shunday terak o‘sayot- ganini eshitib, egasini rozi qilib olinglar, so‘rasa bir xum tillo beringlar, debdi... Bir tuð terakni parvarish qilgani, to‘g‘ri o‘stirgani uchun kampir boy-badavlat bo‘lib ketgan ekan. Ha, o‘g‘lim, daraxt ekib, parvarish qilgan kishining bu dunyosi obod bo‘ladi, degan gapning mazmuni shundan ekan. Endi, azamatim, gapning buyog‘iga ham quloq sol... Bir boy mardikorlarga bozordan meva-cheva olib kelib bersa, yeb bo‘lishib, bog‘bonga rahmat, umri uzoq bo‘lsin, deb duo qilishibdi. Boy qarib narigi dunyo haqida o‘ylaydigan, savob axtaradigan bir holatda ekan. Katta bog‘ni sotib olib, mevasini tekinga ulashibdi. Yeganlar fotihaga qo‘l ochib, ekkanga rahmat, tikkanga rahmat, deb duo qilishar- mish. Savobtalab boy xafa bo‘libdi. O‘zim ekma- guncha savobi tegmas ekan-da, deb o‘ylabdi-da, quruq yer sotib olib, o‘zi dov-daraxt ekibdi. O‘zi parvarish qilibdi. Hosilga kirgach, mevasini ulash- sa, yeganlar ekkanga rahmat, parvarish qilganga rahmat deb duo qilisharmish. Duo ijobat bo‘lib, shu boy ham chin dunyoga borganda jannatga tushgan ekan... Ha, o‘g‘lim, ekib, parvarish qilganning savobi boshqacha bo‘ladi. Avliyolar bog‘bonning ikki dunyosi oboddir, deb bejiz aytishmagan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling