Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 220
Jannati odamlar
219 pishmay qolgan. Mana bu sap-sariq, baquvvat nov- dalar yetilib pishgan. Ham oftobga, ham onasining shirasiga to‘ygan. Xom novdalarni kesib tashla- masak, zangdan oqib kelayotgan shiralarni ichib qo‘yadiyu, lekin baribir uzum bermay turaveradi. – Arazlaydimi? – deb so‘radim. – Ha, arazlaydi, endi tushunarlimi? – Yo‘q, tushunarli emas. – Xulosa shuki, o‘g‘lim, xom novda barg beradiyu uzum bermaydi. Uzum beradigan mana bu novdalarning ovqatini yeb qo‘yaveradi. – Bobojon, uzum o‘zi qayoqdan paydo bo‘ladi? Yoki uni kechasi parishtalar osib ketadimi? – Yo‘q, parishtalar osib ketmaydi, mana bu zanglardan oqib keladigan shiralardan paydo bo‘ladi. O‘rik haqida so‘raganingda aytib beruvdim-ku... Katta gapirganda quloq solish kerak. – Bobojon, zangning ichiga shirani kim quyib qo‘yadi bo‘lmasa, shuni aytsangiz, diqqat bilan quloq solaman. – Obbo o‘g‘lim-ey, hammasini bilging keladi- ya, zangning ostida mayda-mayda tomirchalar bor. Shiralar o‘shalarda to‘planadi-da, keyin zanglar orqali novdalarga oqib chiqadi. Keyin o‘sha yerda quyosh nuri bilan qo‘shilib, uzumga aylanadi. Shuning uchun, o‘g‘lim, tokning ostini ag‘da- rib, chopib, tomirlarga havo bersang, ozuqa bersang, uzum ham shirin bo‘ladi... Bir ertak aytuvdim-ku, esingdan chiqibdi-da... – Aytganingiz yo‘q, bobojon. – Aytuvdim shekilli. – Mening esimda yo‘q-ku, demak aytmabsiz- da, bobojon. Xudoyberdi To‘xtaboyev 220 – O‘g‘lim, kunduzi ertak aytilsa yomon bo‘ladi. Qorong‘u tushganda aytarman. – Bobojon, ko‘zingizni yumib turib aytaqoling, mana menam yumib turaman. O‘shanda qorong‘u bo‘ladi. – Ko‘zimni yumsam, tok kesolmayman-da. – Ertak aytmasangiz qochib ketaman, tokpillan- gizniyam termayman. Mana, qochib ketyapman. Mana... Shunday deb sal nariroq boruvdim, yo‘q, qoch- moqchi emas edim, sal qo‘rqitmoqchi edim, bobojonim bo‘lsa rostdan ham qo‘rqib qaytaqol, o‘g‘lim, sen ketsang, zerikib qolaman, mayli, bitta ko‘zimni yumib turib aytaman. Sen ham bitta ko‘zingni yumib eshitasan, dedi. Keyin men bitta ko‘zimni yumib turdim, bobom ham bitta ko‘zini yumib ertak ayta boshladi. – Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ilgarigi zamonda shu bizning qishloqda bitta bog‘bon bobo yashagan ekan. Qarib-chirib qolganda, o‘lay-olay deyayot- ganda yolg‘iz o‘g‘lini yoniga chaqirib, bolam, endi men bu yolg‘on dunyodan chin dunyoga ketyapman. Bir xumchada tillom bor edi, shu toklardan birining tagiga ko‘mganman, qaysiligi esimda yo‘q, mendan keyin o‘shani kavlab olgin, deb vasiyat qilibdi. Yigit otasini yuvib-tarab ism-rasmlarini ham qilib ko‘mganidan keyin tilloni olish uchun toklarning tagini ag‘darib chopa boshlabdi. O‘sha yili xum- chadagi tilloni topolmabdi-yu, ammo toklari shunaqa uzumni ko‘p qilibdiki, sotaverib-sotaverib, sandig‘i pulga to‘lib ketibdi. E, xumcha juda pastga ko‘milgan bo‘lsa kerak, endi yanagi yilga – bundan ham chuqurroq ag‘darib chopaman, debdi yigit. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling