Piima 7-green o’quvchisi Abduhamidov Abdurasulning


Download 1.07 Mb.
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1789826
  1   2   3
Bog'liq
chol va dengiz


Marg’ilon shahar


PIIMA 7-GREEN o’quvchisi
Abduhamidov Abdurasulning
ona tili va adabiyot fanidan tayyorlagan


Salom mening ismim Abdurasul.Men 14 yoshdaman. Men birinchi bo’lib Marg’ilon shahridagi 32-sonli maktabda o’qidim.Keyin esa PIIMA maktabiga o’qishga kirdim. Men boshida maktabga o’rganishim qiyin bo’ld. Eski maktabimdagi do’stlarimni sog’indim va men sekin -asta yangi maktbimdagi do’stlarimga ko’nikdik.




Menga ona tili va adabiyotdanfanidan loyiha ishi ya’ni (kitob) yaratish berildi.Men bu loyiha ishiga ERNEST HEMENGUEY yozgan “Chol va dengiz” mavzusi tanladim. Men bu asarni o’qib chiqdim va bu asar menga juda ham yoqti albatta sizga ham yoqadi


CHOL VA DENGIZ” ASARI



  • Chol qayiqda yolg‘iz o‘zi Golfstrimda baliq ovlardi. Dengizga chiqayotganiga mana sakson to‘rt kun ham to‘ldi, ammo hali bironta baliq tutganicha yo‘q. U bilan qirq kun bola birga bo‘ldi. Hadeganda qo‘li quruq qaytavergach, ota-onasi unga endi cholning o‘ta-ketgan Salao, ya’ni «o‘lguday omadi yurishmagan odam» ekanini aytib, bundan buyon boshqa qayiqda dengizga chiqish kerakligini qulog‘iga quydilar. Haqiqatan ham birinchi haftaning o‘zidayoq bu qayiqda baliq desa arziguday uchta baliq tutib kelishdi. Deyarli har kuni cholning dengizdan quruq qaytayotganligini ko‘rib bola ichichidan ezilar edi. U cholning uskunalari, changak, garpun va machtaga o‘ralgan yelkanlarini tashishga yordamlashgani qirg‘oqqa kelardi. Dag‘al matodan to‘qilgan yelkan yamalaverib, ola-quroq bo‘lib ketgan, o‘rog‘liq holda yaksoni chiqqan polkning yaloviga o‘xshardi. Chol oriq va holdan toygan, ensasini chuqur ajinlar tilib o‘tgan, betlari esa quyosh nurining tropik dengiz yuzidan aks etib chiqishidan paydo bo‘ladigan beozor teri rakining jigar rang dog‘lari bilan qoplangan edi. Dog‘lar cho‘zilib gardanigacha tushgan, yirik baliqlarni tortib olayotganda, chizimchalar o‘yib yuborgan qo‘llarida chuqur chandiq izlari ko‘rinardi. Ammo bu izlar ichida yangisi yo‘q, hammasi ham uzoq suvsizlikdan qaqrab yotgan biyobon darzlari singari ko‘hna edi. Cholda nimaiki bor bo‘lsa, bari ham eski, faqat dengiz tusini olgan moviy, mardona odamlarnikiga xos quvnoq ko‘zlari bundan mustasno edi.

Santyago,— dedi bola bog‘log‘liq qayiq turgan qirg‘oqdan yuqorilab ketgan yo‘l osha ko‘tarilisharkan,— endi yana sen bilan dengizga chnqishim mumkin. Hozir bir oz pul ishlab qo‘ydik
Chol bolani baliq oviga o‘rgatgan, shuning uchui ham bola uni yaxshi ko‘rardi.
— Yo‘q,— dedi chol,— sen baxti chopgan qayiqda ov qilyapsan. O’shanda qolganing ma’qul.
— Esingda bormi, bir vaqtlar rosa sakson yetti kun dengizga chiqib, qup-quruq qaytuvding, keyin ikkalamiz ketma-ket uch hafta kuniga katta-katta baliq ushlab keltirganmiz.
— Esimda,— dedi chol,— sen menga ishonmaganingdan ketganing yo‘q, bilaman.
— Otam majbur qildi. O’zim bo‘lsam, hali kichkinaman, shuning uchun ularning aytganini qilishim kerak.
— Bilaman,— dedi chol.— O’zi ham shunday bo‘lishi kerak.
— Otam bo‘lsa, uncha ishonqiramaydi.
— Ha,— dedi chol.— Biz esa ishonamiz. To‘g‘rimi?
— Bo‘lmasa-chi. Istasang, yur, seni Terrasda pivo bilan mehmon qilaman. Keyin asboblarni olib ketamiz.
— Hay, mayli,— dedi chol.— Baliqchi baliqchini siylamoqchi ekan, demak...
Ular Terrasga kelib o‘tirishdi. Ko‘pgina baliqchilar cholni mazax qilishar, ammo u buni ko‘ngliga og‘ir olmas edi. yoshi ulu‘ayibroq qolgan baliqchilar esa unga qarab xafa bo‘lib ketishar, biroq sir boy bermas va oqim haqida, qarmoqni qancha chuqurlikka tashlashlari, obi-havo, nihoyat, dengizda Ernest Xeminguey.
Bugun ishi o‘ngidan kelganlar ovdan allaqachon qaytishgan va o‘lja marlinlarini tozalab, bir juft taxta ustiga ko‘ndalang qo‘yishgancha to‘rtovlashib ularni baliq omboriga eltib topshirishgan edi. Bu yerdan baliqlarni refrijeratorda Gavana bozoriga keltirib sotardilar.
Akula ovlab kelgan baliqchilar esa, ularni ko‘rfazning narigi qirg‘og‘idagi zavodga topshirishardi.
U yerda akulalarni bloklarga osib qo‘yib, jigarlarini sug‘urib olishar, qanotlarini kesib, terisini
shilishgandan so‘ng, go‘shtini tuzlashga parrak-parrak qilib kesishardi.






Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling