Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

 ESHON BOBOM YANA QOCHIB
KELDILAR 
E
ndi hammasini bir boshdan aytaman, xo‘pmi.
Bo‘lmasa adashib ketaman. Enajonim gap boshlash-
dan oldin «Bismilloh» deb olgin deb o‘rgatardi,
shunday qilsa shayton og‘izga kirib olmas ekan.


Jannati odamlar
229
Shayton juda yomon, og‘ziga kirib olsa bolalarni
gapidan adashtirib yuborarkan. Eshon bobomni
qamoqdan ozod qilish uchun î‘lib qolgan cho‘chqa
bolalari o‘rniga, aytuvdim-ku, bobojonlar ko‘p qo‘y
haydab ketishdi deb, o‘sha qo‘ylarni tuman
markaziga yetkazib borguncha rosa qiynalishibdi:
qochib ketaverishibdi, haydab kelishsa yana qochib
ketisharmish. Oxiri Ahmadqul bobom, o‘zi shu
bobomning esi juda ko‘p-da, eshagidan tushib bitta
qo‘yning bo‘yniga belbog‘ini bog‘lab, yetaklab
olibdi. Keyin boshqa qo‘ylar, bo‘pti, cho‘chqaning
o‘rniga bizni so‘yishsa, so‘yisha qolsin deyishib,
o‘sha qo‘yning ortidan ma’rashib, boshlarini egib,
ketishaveribdi. Eh, borganlaridan keyin Eshon
bobomni qamagan katta boshliq, shunaqa xursand
bo‘ptiki, shunaqa sevinibdiki, kaftlarini bir-biriga
mana bunday qilib ishqab, o‘ boboylar, zap ish
qilibsizlarda, ofarin, ofarin, kazarmadagi askarlarga
go‘sht yo‘q edi, mazza qilishadi endi, debdi. Rost,
xuddi shunday debdi. Ishonmasangiz, Murod-
xondan, Hayitvoy o‘rtog‘imdan so‘rang. Biz bu
gaplarni Ahmadqul bobomnikida, derazaning
orqasida poylab turib eshitdik. Keyin o‘sha g‘archi
bor chiroyli etik kiyib olgan boshliq, iya, nega
qo‘yni to‘qqizta olib keldilaring, yana bitta qo‘sh-
salaring o‘nta bo‘lardi, juft bo‘lardi, juft narsani
xosiyati ko‘p debdi.
Eshonqul bobom:
– E bolam, tashvish tortma, qo‘yning o‘rniga
mana bu Ahmadqulning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab berib
ketamiz, – debdi.
Eng katta boshliq xaxolab kulib yuboribdi.
Keyin cholbobolar, endi bolam, Eshon hazratlarini



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling