Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 231
Xudoyberdi To‘xtaboyev
230 ozod qilgin, birgalashib, eshakka mindirib olib ketaylik, deyishibdi. Eng katta boshliq og‘zini ochmasdan, qornini silkitib kulibdiyu narigi xonaga o‘tinglar, ozgina suhbatlashasizlar, keyin bir gap bo‘lar, deb qovog‘ini mana bunday qilib xo‘mray- ganga o‘xshab solintirib olibdi. Bobojonlar endi peshonasi yaltiroq, kichkina boshliqning xonasiga o‘tishibdi. Kichkina boshliq: – Xush ko‘rdik, otaxonlar! – debdi. Bobojonlar: – Xudoyo umring uzoq bo‘lsin, – deyishibdi. Peshonasi yaltiroq boshliq: – Demak Xoneshon Shodmonxon o‘g‘li sizlarga hamqishloq bo‘larkan-da? – deb so‘rabdi. – Inshoolo, shunday, – deyishibdi bobojonlar. – Melisaxonadan qochgan kechasi Xoneshon to‘ppa-to‘g‘ri sizlarning qishloqlaringizga bordimi? – Sovuq kechada qayoqqa ham borardilar. – Qochoq Eshonni eng avval Erka mingboshi berkitdimi? – Erkavoy mingboshi bo‘lgan emas, ellikboshi bo‘lgan. – E, balo bo‘lganda ham, berkitganmi axir? – Nima, sovuq tunda Eshon hazratlari ko‘chada muzlab qolsinlarmi, bo‘lmasa, – deb Ahmadqul bobom oyog‘i bilan yerni bir tepib qo‘yibdi. – Baqirmang, – debdi peshonasi yaltiroq boshliq. – Baqiraveraman, – debdi yana Ahmadqul bobom. – Qo‘yning eng kattasini o‘zim berdim-ku, nega baqirmas ekanman. Peshonasi yaltiroq amaki anchagacha indamabdi. Qog‘ozga moxorka o‘rab Jannati odamlar 231 chekibdi. Tutunini devor tomonga puflab-puflab qo‘yibdiyu hech narsa haqida so‘ramabdi. Keyin yana savol-javobni boshlab yuboribdi: – Xo‘sh, Eshon hazratlari Erka Hojimat o‘g‘- linikidan chiqib keyin kimnikiga berkindi? – Keyin menikida turdilar, – debdi Ahmadqul bobom qo‘rqmasdan. – O‘z uyingizdami? – Yo‘q, otamdan qolgan uyda. – Keyin-chi? – Molxonaga berkitganman. – Keyin-chi? – Keyin otamdan qolgan katta tuya sandiqqa solib qulflab o‘tirdim. – Keyin-chi? – Keyin mevani ko‘p yeb, qorni buzilib qol- masin deb u yerdan chiqardim. – Keyin-chi? – Keyin Qambaralinikiga o‘tkazdik. – Keyin-chi? – Keyin o‘zlaring ushlab oldilaring-ku... Hadeb keyin-keyin deyaverasanmi? – Demak, boboylar, hammalaring birgalashib jinoyatchi Xoneshonni berkitgansizlar. – Yurtimizning imomi bo‘lgandan keyin berkitamizda, bolam. – Birgalashib namoz ham o‘qigandirsizlar? – Yoshimiz bir joyga borib qoldi, o‘qimasak bo‘lmaydi-da, bolam. – Imomlikka Xoneshon hazratlari o‘tdilarmi? – Bo‘lmasam-chi... Mana shunaqa savol-javoblar bo‘laveribdi- bo‘laveribdi. Oxirida peshonasi yaltiroq boshliq, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling