Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
236
Uyga kirganimizdan keyin juda g‘alati bo‘ldi.
Bir-birlari bilan hech gaplashishmadi. O‘zimning
bobom, obbo pirim-ey, desa, Eshon bobom obbo
Erkavoyey dedilar, xolos. Ha, bildim, mendan gap-
larini yashirishmoqchi, ko‘chaga chiqib, o‘rtoqlariga
aytib beradi deb, qo‘rqishayotgandir-da. Aytmas-
dim, har narsa bo‘lay, cho‘yan soqqa beraman
deyishsa ham aytmasdim. Boshimni tanchaga qo‘yib
turaverdim, turaverdim. Oxiri uyqum kelmasa ham
ataylab, enajon, yotaman, uyqum kelyapti, dedim
o‘zimni uyqusiraganga solib. Yo‘q, aytdim-ku,
uyqum kelmagan edi deb, ovozimni ataylab shunaqa
chiqardim.
Enajonim, katta uyimizning narigi chekkasiga
joy solib berdi. Qulog‘imni bobojonim tomonga
to‘g‘rilab, jim yotaverdim. Avval pichirlashib
gaplashishdi, keyin ovozlarini sal baland qilishdi,
oxirida qattiq-qattiq so‘zlashishdi...
E, yaxshi bo‘pti, judayam zo‘r bo‘pti. Eshon
bobomni etigida g‘archi bor eng katta boshliqning
o‘zi qochiribdi.
– Yo‘g‘-e! – dedi o‘zimning bobom.
Xudo shohid, – dedilar Eshon bobom, – kecha
o‘zi oldimga kirib qorovul bolalarni urishib bergan
bo‘ldi, nega taglariga yumshoqroq ko‘rpa to‘shab
bermadilaring, nega issiq ovqat bermayapsizlar,
degan gaplarni aytdi. Keyin menga yaqinroq kelib,
hazratim, sabr qiling, bir ilojini qiladiganga
o‘xshaymiz, deb shivirladi.
– Ikromovning o‘zi shu gaplarni aytdimi? –
endi ovozini pastlatib so‘radi bobojonim.
– Xudo shohid, shunday dedi.
– Yaxshi odam ekan.


Jannati odamlar
237
– E, Erkavoy, melisa-melisa deymizu ularning
orasida ham dini imonli, musulmon yigitlar ko‘p
ekan. Hay-hay, hammasi aslida yaratgan egamdan,
hammasi Bahovuddin pirimdan. Mana, yorug‘
dunyoga chiqib o‘tiribmiz. Kechki taomni haligi
otliq yigit olib kirdi. Qorong‘u tushishi bilan
hojatxonaga boring, ko‘cha tomonning guvalasi
bo‘sh, to‘rttasini tushirasiz, deydi-ya. Yo‘q, bolam,
oyoq qurg‘ir shol, uzoqqa yurolmayman desam,
o‘zim aytgan jo‘yingizga olib borib qo‘yaman, deydi-
ya! E xudoyim, e yaratgan Egam, o‘zingga –
shukronalar bo‘lsin... Ostidagi ot emas, uchqur
tulpor ekan, uchirib keldi-ya.
Tezroq tog‘ ichkarisiga keting, o‘sha yoqlar hali
musulmon obod deydi-ya. E, Erkavoy, yaxshi
odamlar ko‘p bu dunyoda.
Eshon bobomni tog‘dagi qishloqlarga qochirish
haqida maslahat qila boshlashdi. «Lakkon» degan
tojik qishloqda, «Botkon» degan qirg‘iz qishloqda
o‘zimning bobomning qarindoshlari ko‘p ekan.
Aslida-chi, bobojonimning eng katta bobolari o‘sha
yoqda yashab, keyin o‘lishgan ekan. Yozda bor-
ganmiz, o‘nk, noklar yeganmiz. U yerda-chi, te-
girmonlar ham juda êî‘ð. Bittasidan un chiqsa,
biitasidan yog‘ chiqadi.
O‘zimning bobojonim eshagimizni to‘qimlagani
kirib ketdi. Enam jun xurjunimizga mayiz, tut
tolqon, jizzali nonlar sola boshladi, qarindosh-
larimga olib boring deb yong‘oq, anor ham berdi.
– Yozda Rahmonberdiga to‘y qilsak albatta
kelasiz, – dedi enajonim.
– Xudo xohlasa, – dedilar Eshon bobom. Keyin
ikkovlari tashqariga chiqib ketishdi. Eshagimizning



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling