Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 239
- XUDOGA NOLA QILDIK A
Xudoyberdi To‘xtaboyev
238 hangragani, ko‘cha eshigimizning g‘iych etib yopilgani eshitildi. Keyin yana guvillab qo‘rqinchli shamol esa boshladi. Bobojonim tanchaga, o‘zining o‘rniga, enajonim mening yonimga kirib yotdi. – Enajon, Eshon bobom yolg‘iz o‘zlari qo‘rqmay- dilarmi? – deb so‘radim. – Voy sho‘rim, uyg‘oqmisan? – deb so‘radi enam. – Hammasini eshitib yotuvdim. – Voy xudoyim-ey. – Qo‘rqmang, hech kimga aytmayman, cho‘yan soqqa berishsayam, varrak yasab berishsayam aytmayman. – Bolaginam-ey. – Eshon bobomning orqasidan quvishmaydimi? – Jim yot, î‘g‘lim. – Yo‘q, rostini ayting, quvishmaydimi? – Xudo xohlasa, quvishmaydi. – Quvishsa, eshagimiz chopolmaydi-da, dum- g‘azasidagi dumidan tortsa, keyin yaxshi chopadi, shuni aytdingizmi? – Aytdim, arslonim. – Bo‘rilar uchrab qolsa nima qiladilar? – Shamol kuni bo‘rilar inidan chiqmaydi, uxla endi. – Uxlagim kelmayapti. – Duo o‘qigin, uxlab qolasan. – Pichirlab o‘qiymi? – Ovoz chiqarib o‘qi, ko‘p o‘qigin, keyin ham- mamiz uxlab qolamiz. Yaxshi tushlar ko‘ramiz. – Savobini Eshon bobomga bag‘ishlaymizmi? – Ha, pirimga bag‘ishlaymiz. – Enajon, Eshon bobomning xotinlari o‘lganmi? Jannati odamlar 239 – Yo‘q, u kishi uylanmaganlar, o‘g‘lim. – O‘g‘illariyam, qizlariyam yo‘qmi? – Endi bas qil, bo‘lmasa o‘rnimdan turib bo- bongning yoniga borib yotaman. – Yo‘q, yo‘q, turmaysiz. Mana o‘qiyapman. Enajonimning ko‘kragiga boshimni qo‘yib, og‘zimni sal buyoqqa burib olib, ho‘ anovi kuni o‘rgatgan duolarini o‘qiy boshladim. Bir marta o‘qiganimdan keyin chindan ham ikkovimiz uxlab qoldik. XUDOGA NOLA QILDIK A hmadqul bobom to‘g‘ri aytibdi, bog‘lari- mizning buzilishi rost ekan. Enajonim bo‘lsa, Otajon, shu hazilkash o‘rtog‘ingizning poyma-poy gapiga ishonib kuyinavermang degan edi, esizgina, shu gapni aytmasa ham bo‘lar ekan. O‘sha kuni Bo‘rhovuz bo‘yiga hammani to‘plashdi. Chol bobolar bordi, boshiga to‘ncha yopingan buvilar bordi, amakilar bordi. Murodxon, Hayitvoy o‘rtog‘im hamma-hammamiz bordik. Men tizzasini tishlab olgan ijroqo‘m bobo, kolxozimizning bitta qulog‘i yo‘q raisi, bitta novcha, bitta pakana melisa ama- kilar katta-katta otlarga minib kelishgan ekan. Otlarini tovutxonaning yonidagi qoziqlarga bog‘lab qo‘yishib, qo‘llaridagi qamchi bilan etiklarining so‘g‘iga mana bunday-mana bunday qilib urishib majlis qilishdi. Men ijroqo‘m bobo ko‘rib qolmasin deb, katta odamlarning orqasiga bekinib turdim. Qishloqning past tomoni paxta bermay qo‘yibdi, yerlarning tagidan sho‘r suv kep qopti, davlatga ko‘p paxta kerak ekan, ko‘p paxta berilmasa dush- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling