Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 211
ENAM AYTGAN ERTAK
– H a, erkatoyim, bedanalar yo Olloh deb sayraydi. Ular jannat qushlari-da, shuning uchun ham Ollohning nomini unutmaydilar. Jim yotsang, bir chiroyli ertagim bor, aytib beraman. – Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim-qadim zamonda qorli tog‘lar ortida, yam-yashil vodiylar bag‘rida, sersuv o‘tloqlar dalasida gala-gala erkin Jannati odamlar 211 qushlar yasharkan, o‘z tillarida yoqimli qo‘shiq kuylab, Ollohga hamdu sano aytisharkan. Shular orasida ikki bedana ham bor ekan, biri erkagu birisi urg‘ochi ekan... – Ena, ular eru xotin ekanmi? – deb so‘radim. – Ha, eru xotin ekan, – deydi enam. – To‘ylari ham bo‘lgan ekanmi? – Jim yot, bo‘lmasa ertak aytmayman. – Yo‘q, ayting, to‘y qilishadimi? – Avval, azamatim, ertagimni aytib bo‘lay, keyin to‘ylarini ham aytib beraman. O‘sha ikki bedana sen aytgandek eru xotin ekan, tong saharda uyg‘onisharkan, erkagi urg‘o- chisiga atab yoqimli ovoz bilan ashula aytarkan, tomog‘ing ostidagi munchoq xollaring chiroyli, qanoting tagidagi kumush parlaring chiroyli, deb kuylarkan, urg‘ochisi unga chiroyli yo‘rg‘alashlar qilarkan, oltin qanotlarini yozib o‘yinlar ko‘rsa- tarkan; urg‘ochisi tuxum qo‘yib bosib yotganda erkagi tumshug‘ida unga don, suv keltirib berar- kan, boshqa qushlar cho‘qimasin, deb yonginasida o‘tirib poyloqchilik qilarkan. Nihoyat, jo‘jalar tuxumlarni yorib chiqibdi, voy, biram nozik, biram chiroyli ekanlarki, ota-onalari sevinib bedazorni boshlariga ko‘tarib sayrab yuborishibdi. Yo Olloh, yo Olloh degan yoqimli ovoz butun yaylovlarni qoplab ketibdi, yo‘rg‘alab yurishni, don topishni, qisqa-qisqa uchishni o‘rgatishibdi. Va bir kuni onalari aka-ukani yoniga o‘tqazib nasihat qilibdi: «O‘g‘illarim, endi biz otalaring bilan boshqa yay- lovga uchib ketamiz, sizlar katta bo‘lib qoldilaring, mustaqil yashaysizlar. Vaqti kelib o‘zlaringga juft tanlab olasizlar, otalaring bilan menga o‘xshab bola |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling