Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 204
Jannati odamlar
203 – Keldingmi, o‘g‘lim, qumg‘onni bir qaynatib bergin, – dedi erkalatgandek qilib. Boshqa vaqt bo‘lganda, bobojon, qo‘limni kuydirib olaman deb ko‘nmasdim-ku, hozir juda xursand bo‘ldim. Qumg‘on qaynatishni bilaman, enam o‘rgatib qo‘ygan. Oldin olov yondirib olinadi, keyin eng ustiga ho‘l o‘tindan qo‘ysa ham bo‘ladi. Tagidagisi yonib ustidagisini o‘zi quritib oladi, bildingizmi?.. Endi Matmusa bobom bilan G‘u- lom bobomlar ham kelishdi, hammalari kelisha- verdi. – Qani, mullo Matmusa, xush xabarni so‘zla- chi – dedi Esonqul bobom. – Shu aytganlaringni qildim, – dedi Matmusa bobom. – Yo‘q, sen bir boshdan so‘zlaginki, eshitib dilimiz taskin topsin, bir haftadan buyon ignaning ustida o‘tiribmiz-da. Matmusa bobom tong saharlab eshagiga minib tuman markaziga, boshliq bo‘lib ishlaydigan o‘glinikiga jo‘nabdi. Nonushtani nabiralarim bilan birga qilarman deb qaymoq ham olgan ekan. Eshagi juda ahmoq ekan-da, shu eshakni ilgariroq sotib yubormaganiga hozir attang qilayotgan ekan, yo‘li hech ko‘paymabdi. Eshak har odimda nos chekib tumshug‘ini osmonga qilarmish, xala qilsa orqa oyog‘ini osmonga otarmish... kechikib boribdi. Borsa, boshliq o‘g‘li allaqqachon ishga chiqib ketgan ekan. – Uh, – dedi bobom cho‘zib, – hoy Matmusa, gapni bo‘ladiganini gapirsang-chi. – Shoshma, Erkavoy, – dedi Matmusa bobom, – shoshma o‘rtoq, bo‘ladiganini ham aytaman. Xudoyberdi To‘xtaboyev 204 – Taom lazzatli bo‘lganda uni shoshmasdan chaynash kerak-da, – deb gap qo‘shdi Ahmadqul bobom ham. O‘zimning bobom yana uh tortib oldi. Matmusa boboning kelini ko‘p odobli ham mehribon ekan, xursand bo‘lganidan o‘zini qo‘y- gani joy topolmabdi. Otajon, xayriyat bizni ham yo‘qlar ekansiz, oyda-yilda bir kelay demaysiz-a, nabiralaringizni sog‘inmaysizmi, debdi. Matmusa bobom, hoy kelin, hukumat ering ikkovingga qo‘sh ot qo‘shilgan izvosh berib qo‘yibdi. O‘shanga o‘tirib, o‘zlaring borsalaring podsholik- dan tushib qolasizlarmi, degan ekan, kelin qayta- qayta uzr so‘rab darrov eriga sim qoqib, otamiz shunaqa-shunaqa ishlar bilan kelganlar, debdi. Nodirbek amaki darrov o‘zining qo‘sh ot qo‘shilgan izvoshini jo‘natibdi. Idorasi ham zo‘r ekan, de- vorlari bo‘rlangan, oqlangan, kursilarida odamning surati ko‘rinarmish. Nodirbek amaki o‘rnidan turib: – Assalomu alaykum, ota! – degan ekan, Matmusa bobom: – Ey, salomingni qo‘y, bolam, – debdi. Qani ota, o‘tiraylik, degan ekan, ey o‘tirmayman, debdi. Hammasidan xabarim bor, ota, degan ekan, Mat- musa boboning jahli chiqib, xabaring bo‘lsa nega borib yurtdan dil so‘ramading, deb urishibdi. – Xo‘sh, gapning bo‘ladiganini aytsam, – yana so‘zlashda davom etdi Matmusa bobom, – No- dirbekka qiyin ekan, ota, yolg‘izman deydi bechora o‘g‘lim. Axir, deyman, Eshon hazratlari qulo- g‘ingga azon aytuvdi, ehtimolki shu sabab elning hurmatida yurgandirsan. Bilaman, ota, bilaman, deydi yana. Butun boshli bo‘ri bor bu yerda, ularga qarshi borish osonmas, qaytaga o‘sha dalada ket- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling