Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 263
Xudoyberdi To‘xtaboyev
262 bilib olmoqchi edim. Bilganimda o‘rtoqlarimga hammangdan oldin men ko‘rganman deb, maqtanib yurardim. Kirsam, bobojonimning orqasiga o‘ntacha yostiq qo‘yib, o‘tirganga o‘xshatib qo‘yishibdi. Ko‘zlariyam ochiq, katta-katta bo‘lib ochilibdi. – Ha, qizlarim, – deb to‘xtab-to‘xtab gapiryapti, – oldin kelgan oldin ketadi... Zahro qizim, beriroq kel, Sorabibi, shu yerdamisan?.. Onalaringni yolg‘izlatib qo‘ymanglar, jannati ayol bu... Roziman, hammalaringdan roziman... Oh, voy otamlab yig‘laydigan o‘g‘illarim ham yo‘q. Zolimlar otib tashlashgan ularni. Qabrga olib kiradigan Ahmadqul o‘rtog‘im ham yo‘q, o‘, yaxshi o‘rtog‘im edi u. Qamab qo‘yishdi-ya... Rahmonberdi, beriroq kel, qo‘lingni ber menga, barakalla... Bu yil maktabga borasan, a. – Boraman, bobojon, – dedim yig‘lamsirab, – qo‘rqadigan gaplarni aytmang, yig‘lagim kelyapti. – Yaxshi o‘qigin, jon î'glim. – Yaxshi o‘qiyman, bobojon. – O‘qib-o‘qib muallim bo‘lgin. – Bobojon, muallim bo‘lsam qo‘ng‘iroqli velosiðed olib berasizmi? – Olib beraman, o‘g‘lim. Enajoningni yolg‘iz tashlab ketmagin. – Ketmayman, endi buvijonim ham biz bilan qolarkan. O‘gay otamnikiga bormas ekan. – Har juma oqshomida menga bag‘ishlab fotiha o‘qigin, xo‘pmi, arslonim? – Bobojon, unaqa demang, qo‘rqyapman. – O‘qiyman degin, o‘g‘lim. – O‘qiyman, bobojon. Jannati odamlar 263 – Qani o‘qigin-chi. – Zahro xolamdan uyalaman-da, bobojon. – Uyalma, o‘qi, o‘g‘lim. Ovozingni yana bir eshitay. – Ahmadqul bobomga o‘xshab tilovat qilib o‘qiymi? – Ha, ha. Tilovat qil. – Bismillohir rahmonir rohiym. Qulhu ollohu ahad, ollohu somad, lam yalid va lam yulad va lam yakun lahu kufuvan ahad. Ollohu akbar. Bo‘ldimi, bobojon? – Yana o‘qi, azamatim, ovozing xuddi jannat- dan chiqayotgandek, farishtalarning ovozidek yoqimli, huzurbaxsh, o‘qi, o‘g‘lim. Onasi, shu yer- damisan, yozda Rahmonberdining to‘yini qilgin. Karnaylar chaldirgin... Ana, rahmatli otam ham kep qoldi, uloqchi otini minib kepti. Endi meni mindirib olib ketadi, olib ketadi. Oh, onajonim, siz ham keldingizmi, oq paranjingizni yopinibsiz, a? Chimmatingizni oling, yuzingizni yana bir ko‘ray, onajonim... Onasi, shu yerdamisan, fotihaga kelganlarga ko‘chatning hammasini ulashinglar, ikkitadan, uchtadan beringlar. Jannatdan chiqqan mevalar bular denglar. Rahmonberdi o‘g‘lim, qayerdasan, men seni ko‘rmayapman-ku? O‘qi, o‘qi, baland ovoz bilan o‘qi. – Bismillohir rahmonir rahiym, – deb endi sal yig‘lamsirabroq o‘qiy boshladim: – Qul auzi bira binnasi malikinnasi ilaxinnasi min sharil vasvasul xannas allazi yuvasvisufi fu sudurinnas, minal jinnati vannas. Allohu akbar. – Barakalla, o‘g‘lim. Hursan, jannatisan, azamatim. Yana o‘qi, ovozingga to‘ymayapman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling