Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
260
 BOBOJONIM JANNATGA KETDI 
Q
ishloqdagi uyimizga ko‘chib kelganimizdan
keyin, qorong‘u tushganda bizni ko‘rgani
o‘zimning buvijonim, mo‘ylovi bor o‘gay otam,
oshiqlarimni î‘g‘irlab qo‘ygan î‘gay akalarim
kelishdi.
Bobojonim yumshoq-yumshoq ko‘rpalarda sal-
sal xurrak otib ko‘zini yumib yotuvdi, o‘gay otam
oyoqlarini silab:
– Xafa bo‘lmang, mana, bir arava êî‘chat olib
kelibsiz, o‘zimiz sizga yangi bog‘ qilib beramiz, –
deb ko‘nglini ko‘targan bo‘ldi. Bobojonim ko‘zini
ochmay:
– Im-m, – deb qo‘ydi.
Keyin hammalari jim bo‘lib uh tortishdi. Zahro
xolam bilan o‘zimning buvim bir-birlarini yelkasiga
boshini qo‘yib ozgina-ozgina yig‘lab, bir narsalar
haqida pichirlab olishdi. O‘gay otam bilan o‘gay
akalarim eshaklariga minib ketishgach, buvijonim
bilan yolg‘iz qoldik. Eshityapsizmi, buvijonim bilan
qoldim deyapman! Oh, qanday so‘z bo‘ldi-ya!
Sog‘inuvdim, mana shu ko‘zlarim bilan juda-juda
sog‘inuvdim. Oh, hozir Hayitvoy, Dilijon o‘rtoqlarim
bo‘lganda ko‘rsatib rosa maqtanardim. Ular har
yoqqa ko‘chib ketishdi.
Endi topolmayman ularni. Buvijonim, asalim,
sochingizning hidini sog‘ingandim, baxmal
to‘ningizni sog‘ingandim. Ana shu menga qarab
turgan ko‘zlaringizniyam sog‘inuvdim. Men
o‘pyapman, buvijonim o‘padi, hech bir-birimizga
to‘ymaymiz. Yuzlariga yuzlarimni bosaman,
buvijonim bo‘lsa boshimdan, yelkalarimdan ohista-


Jannati odamlar
261
ohista silaydi. Qo‘llari biram yumshoq yuzlari biram
issiq, hidlari biram yoqimli... Buvijonim!
– Endi ketmaysiz-a?
– Ketmayman, î‘g‘lim.
– Bobojonim ham o‘lmaydi, a?
– Yo‘q, o‘lmaydi.
– O‘lgan odam ham tirilib keladi, a? Duolar
î‘qiyapman-ku?
– Xudo xohlasa. Bor endi, enangning oldiga
chiqqin, sigir sog‘yapti, buzoqchasini ushlab tu-
rasan.
– Yo‘q, tomga chiqib bog‘larimizning yonayot-
ganini ko‘raman, qorong‘ida-chi, buvijon, alanga
juda yaxshi ko‘rinadi, – shunday deb kalta narvo-
nimizni tirab, pastak molxonamizning ustiga chiq-
dim. Ha, ana, bog‘larning yonayotgani endi yaqqol
ko‘rinyapti. Yaxlit bo‘lib yonmayapti, yo‘q, to‘p-
to‘p bo‘lib har joy, har joyda yonyapti. Eng baland
yonayotgani Ahmadqul bobomniki, ularning bog‘i
katta edi-da, daraxtlari ham ko‘p edi-da, hammasini
to‘plab yoqishibdi-da. Eh, Ahmadqul bobom qamal-
maganda hammasini boplardi, bog‘ini hecham
yoqtirmasdi... Bizning bog‘imizdagi olov pasayib
qolibdi. Endi qop-qora tutun bo‘lib chiqyapti. Yo‘q,
tutunmas, sal-pal alanga ham aralashib chiqyapti.
Ana, Ro‘zimat bobomning bog‘idan lov etib alanga
ko‘tarildi. Voy-bo‘y, biram baland bo‘lib ko‘taril-
diki, ho‘ naridagi tog‘lardan ham, osmondan ham
balandga chiqib ketdi.
– Toylog‘im, tushaqol endi, bobojoning
chaqiryapti, – dedi enam.
Eh, yana birpas tomosha qilsam bo‘lardi-da.
Kimning bog‘idan eng baland alanga chiqqanini



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling