Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 183
Xudoyberdi To‘xtaboyev
182 – Mana, meni ham tishlarim o‘tkir, ko‘rgin, – deb o‘rtog‘im og‘zini ochib oppoq tishlarini ko‘r- satdi, – endi bobomni ursa men ham tishlayman, mana bunday qilib tishlayman. Abdurahim o‘rtog‘im menga o‘girilib: – Endi seni ham qamashadi, – dedi vahimali qilib. – Hecham-da, – dedim sal-pal qo‘rqib. – Ijroqo‘m boboni tishlading-ku. – Bobomni urmasa tishlamasdim. – Bobongni qattiq urgani yo‘q. – Men ham qattiq tishlamadim-ku. – Qattiq tishlagan ekansan, – dedi Abdurahim battar qo‘rqitib, – ijroqo‘m novvoyxonaga kirib, shimini tushirib tishlagan joyingga dori surtib oldi, baribir, seni ham qamashadi endi. Endi battar qo‘rqa boshladim. Αrtoqlarim bilan ham gaplashgim kelmay qoldi. Jim ketaverdim... Qamab qo‘yishsa-ya, qamoqxona qorong‘u bo‘lsa qo‘rqaman-ku... Bobojonimni, enamni ham qo‘shib qamashsa mayliydi, birga o‘tiraverardik, hech ham qo‘rqmasdik. Voy, unda uyimizda kim qoladi, mollarimizga kim qaraydi... Endi yig‘lagim keldi. Uyimizga kelguncha o‘rtoqlarimga ko‘rsatmay jindak yig‘lab oldim... Qamalasan, qamalasan, qamalasan emish, qamab bo‘pti, qamasa hammasini tishlab olaman, qo‘llarini, oyoqlarini tishlayman... Kelsam bobom allaqachon qaytib, sandalda o‘ralib yotibdi ekan, ustiga chakmon ham yopilgan. Enam teskari o‘girilib o‘choqqa olov qalayotgan ekan, bildirmasdan asta sandalga kirib boshimga ko‘rpa tortib olaman devdim, sezib turgan ekan: – Keldingmi, qulunim? – deb so‘radi. Jannati odamlar 183 Enammi, bobojonimmi meni urishishlarini oldindan sezsam ataylab yig‘lamsirab gapiraman. O‘shanda hech ham urishishmaydi. – Keldim, – dedim yig‘lamsirab. – Voy o‘lmasam, hammayog‘ing loy-ku, – dedi enam o‘rnidan turib. – Bo‘lsa bo‘lar. – Piqillamay gapir. – Piqillagim kelyapti o‘zi. – Voy sho‘rim, yangigina to‘nni ham rasvo qilibsan-ku. – Rasvo qilaveraman. – Loyga dumaladingmi? – Ha, dumaladim. – Yechin, bo‘lari bo‘pti endi. – Yechinmayman. – Shundayligicha ko‘rpaga kirmoqchimisan, shumtaka. – Kiraveraman, o‘zingiz shumtakasiz. – To‘xtab tur, sen men bilan aytishadigan bo‘lib qopsan, ta‘ziringni bir berib qo‘yay. Enam engashib endi otashkurakni qo‘lga ola- man devdi, yo‘q qo‘rqmadim, olgani bilan baribir urmaydi, buvisinikiga ketib qoladi deb qo‘rqadi. Shunday bo‘lsa ham bobom uyg‘oq ekan, hoy onasi, urishma, deb o‘shqirib berdi. O‘zi ular juda g‘alati- da. Bir kuni enam bobomdan qo‘rqsa, ertasiga bo- bom enamdan qo‘rqib, xo‘p-xo‘p ayb bizda, tovba qildik, deb turadi. Hozir enam bobomdan qo‘rqayot- gan ekan. Shuning uchun otashkurakni olmay o‘zi kelib meni yechintira boshladi. Oldin beqasam to‘nimni yechib oldi. Keyin o‘choqning oldiga po‘s- takka o‘tkazib qunjigacha loy bo‘lib ketgan eti- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling