Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 179
Xudoyberdi To‘xtaboyev
178 – Bilmayman, azamatim, ishqilib qabristonga ko‘mgan ekanlar-da... – Ko‘mayotganda Qur’on ham o‘qibdilarmi? – Albatta o‘qiydilar-da... Keyin ustilaridan chaquv tushibdi, voy o‘g‘lim, qishloqni qizil shap- kalilar biram bosdiki, biram bosdiki, Ollohning, aziz-avliyolarning nomlari yozilgan kitoblarni axtarib hamma uylarni tintuv qildilar, molxona- larni, omborxonalarni ag‘dar-to‘ntar qilib tash- ladilar. – Odamlar indamadimi? – Gapirishdi, yig‘lashdi. – Keyinchi? – Sabr qil, toylog‘im, aytaman, hammasini aytaman... Keyin Eshon hazratlarini mahkam ushlabdilar. Anhordan kitob ushlaganmisiz, deb so‘rabdilar – Ushlaganman, – debdilar hazratim. – Keyin nima qilgansiz? – Tomga chiqarib quritganman, – debdilar hazratim. – Keyin nima qilgansiz? – Qoplarga joylaganman. – Keyinchi? – Uyog‘ini aytmayman. – Aytasiz! – Xudo bitta, so‘zim bitta, – debdilar hazratim. Qizil shapkalilar hazratimning qo‘lini orqasiga bog‘lab, qabristonga sudrabdilar, qayerga ko‘mga- ningni aytasan debdilar. Keyin hamma odamlarni masjidning oldiga to‘p- ladilar. – Siz ham o‘sha yerga bordingizmi? Jannati odamlar 179 – Yo‘q, azamatim, men bormadim, bobojoning borgan edi, bobosi, yaxshisi u yog‘ini o‘zingiz ay- ting, axir hammasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rgansiz- ku. Bobojonim inqillashdan to‘xtab jimgina yotgan edi, yana voy oyog‘im, deb uh tortib oldi. Onasi, o‘zing so‘zlayber, xuddi ko‘rgandek qilib aytayap- san, haligi gaping ma'qul, Rahmonjon katta bo‘lsa o‘rtoqlariga so‘zlab bersin, dedi-da, boshini ko‘tarib nos chekib oldi. Har gal nos chekkanda aytadigan: Kimki chekar nosni, Uchratar Xizir Ilyosni. Aslo yoningga yo‘latma, Kim chekmasa bu nosni. degan ashulasini bu gal aytmadi. – Onasi sen o‘zing gapga chechansan, otinbibi- lardan ham zo‘rsan, deb qo‘ydi. Enajonim meni uzoq kuttirmay yana hikoyasini boshladi: – Ha, azamatim, boshimizdan ne-ne og‘ir kunlar o‘tmadi... Odamlarni masjidning oldiga yig‘ib, o‘rtaga gulxan yoqibdilar, xonadonlardan yig‘ilgan aziz avliyolar qo‘li bilan bitilgan bir kitobni hazratimga berib: – Olovga tashlang!.. – debdilar. – Tashlamayman, ey kofir, – debdilar hazratim. – Yoqasan! – degan buyruq bo‘libdi. – Xudo bitta, so‘zim bitta, – degan javob qaytibdi. Xo‘b zo‘rlabdilar, Hazratim ko‘nmabdilar, avliyolar kitobini qizil shapkalilarning o‘zlari yoqa boshlabdilar. Hazratim qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lganda ho‘ nariga sudrab borib qo‘llarini orqasiga qayirib, mahkam ushlab turibdilar. Hazratimning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling