Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 165
Xudoyberdi To‘xtaboyev
164 qishlog‘imizda juda ko‘p. Yo‘q-yo‘q, qop-qora mo‘ylovi buralib-buralib qulog‘ining orqasiga o‘tib ketganidan tanidim. – Sizlar qachon keldilaring? – deb so‘radim Hayitvoydan. – Allaqachon kelganmiz, – maqtandi o‘rtog‘im. – Sayil bo‘larmikan? – Yo‘q, Eshon bobo qochib ketibdi, o‘shani ushlagani kelishibdi, kim aytsa mukofot olarkan. – Voy, – dedim qo‘rqib, – Eshon bobo biznikiga borgani yo‘q-ku. – Biznikiga ham borgani yo‘q, – deb shivirladi Hayitvoy o‘rtog‘im. Melisa amakilar, ijroqo‘m bobo xuddi menga tikilib qarashayotgandek bo‘laverdi. Qaltiray bosh- ladim, yo‘q, sovqotgandanmas, qo‘rqqanimdan qalti- ray boshladim. Shoshilib bobojonimning orqasiga o‘tib, chakmoniga betimni o‘rab, mo‘ralab turdim. Men Eshon bobomning arvohini ko‘ruvdim. Shuni sezib qolishgan bo‘lsa-ya, deb qo‘rqa boshladim. – Gap shul – dedi oq ot ustida turgan melisa amaki qo‘lidagi qamchisini o‘ynatib, – zararku- nanda Eshon davlatning zotdor cho‘chqalarini o‘ldirib, hukumatga zarar yetkazgan. Cho‘chqa o‘z bolasini yeb qo‘ydi deb bahona qilgan, yolg‘on! Zararni to‘lash o‘rniga melisaxonani teshib qochib ketgan. Hukumatning qo‘li uzun, qayerda bo‘lsa ham albatta ushlaydi... Ma’lumotimizga ko‘ra, Eshon bir necha kundan buyon Qo‘rg‘onchadagi o‘ziga o‘xshagan jinoyatchilarning uyida berkinib adolatli hukumatimizga qarshi teskari tashviqot olib bormoqda. Uning qayerdaligini aytasiz, aytmasangiz hammangiz qamalasiz. Jannati odamlar 165 Ijroqo‘m bobo bitta amakining oldiga kelib: – Ayt! – dedi. – Bilmayman, – dedi amaki orqasiga tisarilib. – Bilasan! – Tepamda Xudo bor, bilmayman. – Hozir aytasan, bo‘lmasa savalayman. – Savalasangiz, savalayvering, zamon zo‘rniki hozir. Ijroqo‘m bobo amakining yelkasiga qamchi bilan yengilgina urib, endi Ahmadqul bobomning katta o‘g‘li yonida to‘xtadi: – Xo‘sh, sen ham bilmassan? – Xudo xohlasa bilmayman, – javob qaytardi Abbosxon amakim. – Uyingda yotib yurgan ekan-ku? – Xudo xohlasa yotgani yo‘q. – Xudoni o‘rtaga solma! – Xudodan boshqa himoyachimiz yo‘q, ijroqo‘m. – Mana senga bo‘lmasa, mana, it emgan! Ijro- qo‘m bobo Abbosxon amakini endi ikki qamchi urdi, xayriyat, qattiq urmadi, bo‘lmasa, rosa og‘rigan bo‘lardi-da. Agar meni urganda, agar men ham Abbosxon amakidek katta yigit bo‘lganimda qo‘lidan qam- chisini tortib olib o‘ziniyam rosa savalagan bo‘lar- dim. Yo‘q, rost aytyapman, meni hech kim urol- maydi, ursa qo‘lini ham, betini ham tishlab olave- raman. Oq ot minib turgan melisa amaki endi yana gapira boshladi. Agar kimda-kim qochoq Eshon boboning qayerdaligini aytsa bir yillik soliqdan ozod qilinar ekan, Stalin boboning katta surati sovg‘aga berilar ekan. Odamlar boshini solintirib jim turaverdi, bobom ikkimiz ham jim turaverdik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling