Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 163
Xudoyberdi To‘xtaboyev
162 ESHON BOBOMNI QAMOQQA OLDILAR E ndi kunlar sal-pal isib, oftob ham charaqlab chiqib, qorlar erib, ko‘chalar bilch-bilch loy bo‘lib qoldi. Men bilch-bilch loyni juda yomon êî‘raman. Enam etigingni loy qilib qo‘yasan deb ko‘chaga o‘ynatgani chiqarmaydi. Sandalda o‘tiraversam zerikib ketaman, o‘yinchoqlarimni o‘ynagim kelmay qoladi. Bugun ertalabdanoq oftob yana yaraqlab chiqdi. Osmondan tushayotgan nurga kaftimni tutib ko‘rgan edim, iliqqina ekan. O‘yinchoqla- rimning ichida shishaning sinig‘i bor edi, o‘shani olib chiqib yuzasiga nur tushirib o‘ynayman deb turuvdim, bobojonim kel, o‘g‘lim, mollarni oftob chuvoqqa olib chiqaylik, molxonani bir shamolla- taylik deb qoldi. To‘yimga atab boqayotgan shoxi uzun novvosimizni endigina olib chiqib ayvonga bog‘layotgan edik, ko‘cha eshigimiz taqillab qoldi. Yugurib chiqsam ikkita to‘n kiygan bitta amaki turgan ekan. Boshidagi quloqchini ham g‘alati, bitta qulog‘i pastga, bitta qulog‘i tepaga qarab turibdi. – Otang uydami? – deb so‘radi. – Voy, otam o‘lgan-ku, – dedim. – Kimning bolasisan? – Bobomning bolasiman, – dedim shoshilib. – Chaqir darrov, – dedi amaki mendan ham battar shoshilib. Bobom chiqqan edi, Bo‘rhovuzning oldiga darrov yetib boring, dedi. Ijroqo‘m bobo, nachay- nik bobo, melisa amakilar kclgan emish, zarur, judayam zarur gap bor emish, bormasa ish chatoq Jannati odamlar 163 bo‘larmish... Bobom jo‘nagan edi, orqasidan enamning, hoy qayt, hammayog‘ing loy bo‘ladi deyishiga qaramay, men ham yugurdim. Uyda o‘tirib bo‘pman endi, zerikib ketdim-ku, u yoqda zarur, judayam zarur gaplar bo‘lsa, men eshitmay qolar ekanman-da, hecham-da! Bo‘rhovuz qo‘rg‘onchamizning o‘rtasida. Suv yaxshi to‘xtasin deb tagini bo‘rlab qo‘yishgan, shuning uchun bo‘rhovuz deyishadi. Atrofida har xil uylar ko‘p, sartaroshxona, chol buvalar yashirib namoz o‘qiydigan joy, sal narida tobutxona ham bor. Ho‘ birda Hayitvoy, Dilijon, Rahimberdi – hammamiz tobutxonaga bildirmasdan kirib navbati bilan tobutda yotib ko‘rayotgan edik, cholbobolar rosa urishib berishgan... Kelsak, voy-bo‘y, Bo‘r- hovuz yonidagi maydonchada shunaqa odam ko‘p to‘planibdiki, chol bobolar, amakilar, katta bolalar, Hayitvoy, Dilijon, Abdurahim – hamma-hammasi shu yerda ekan. Melisa amakilar ot minib turi- shibdi, bitta emas, uchta ekan. Uchovining ham oti zo‘r, ho‘ ertaklarda bo‘ladigan, haligi, devlar minadigan otlar, bo‘ladi-ku, o‘shanaqa otlar. Yana bir joyda tik turmay, oldingi oyog‘i bilan bilchillab turgan qor aralash loyni tarashlab-tarashlab ham qo‘yishyapti. Eh, mening ham shunaqa bitta otim bo‘lganda edi, katta bo‘lganimda minib rosa mazza qilardim- da. Kech kelganimiz menga juda alam qildi. Ikkita to‘n kiygan quloqchinli amaki nega bizni ertaroq aytmadiykin, qiziq-qiziq gaplar bo‘lgandir, esizgina, hammasini eshitib olardim. Voy, ijroqo‘m boboning kelgani ham rost ekan. Men uni darrov tanidim. Ityoqa palto kiyib olganidanmas, bunaqa palto hozir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling