Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- BO‘RI BILAN OLISHGAN ARSLON H
- Jannati odamlar 155
Xudoyberdi To‘xtaboyev
154 yuvib beringlar, degan ekan. Biz rosa uyaldik, uyalganimizdan anchagacha ko‘chaga chiqolmay yurdik.. Hozir men yotgan joyimda ana shularni o‘ylab, To‘rtko‘z o‘lgan bo‘lsa, yaxshi bo‘ptimi, yomon bo‘ptimi, o‘lgan bo‘lsa, qanday o‘ldi ekan, deya xayol surayotgan edim. O‘rtog‘im Hayitvoy akasi- ning eski etigini oyog‘iga, dadasining kir qalpoq- chasini boshiga kiygancha hovliqib kirib, tezroq yur, bo‘rining o‘lganini birgalashib ko‘ramiz deb qistadi. Enajonim qaymoq solib qatlama pishirayot- gan edi, o‘shandan bittadan olib, Ahmadqul bobomnikiga qarab yugurdik. BO‘RI BILAN OLISHGAN ARSLON H ayitvoy ikkimiz yugurib borib qarasak, yo‘q, baribir kech qolibmiz, Ahmadqul bobomning katta hovlisiga allaqachon bolalar, bobolar, opalar yig‘i- lishib bo‘pti, qori kuralmagan hovlining o‘rtasiga yotqizib qo‘yilgan bo‘ri bilan To‘rtko‘zning o‘li- gini tomosha qilishyapti. Oldiga borishga avval qo‘rqdim, «Lo iloho illollohu» deb kalima o‘girib olgan edim, endi sal qo‘rqmay qoldim, engashib bo‘rining junidan tortib ko‘rgan edim, sip-silliq ekan. – O‘ziyam bo‘rining eng kattasi ekan-da! – Qishlog‘imizni oralab yurgan bo‘ri shu bo‘lsa kerak. – Yo‘q, qo‘shni, u ko‘k bo‘ri edi, o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. – To‘g‘ri, bu begonaga o‘xshaydi. Jannati odamlar 155 Shunaqa gaplarni gaplashib bo‘lgach, tomosha qilayotganlar endi bo‘rining shiqirlab yuradigan tuyog‘i, oshigi kimga tegarkin, kimga tegsa o‘sha baxtli bo‘ladi, ishini hamisha Xudo o‘nglab turadi, deb gaplasha boshlashdi, men hech narsa demadim, nega desangiz, ilgari bo‘rini hech ko‘rmagan edim. Ahmadqul bobom odamlar to‘plangan katta mehmonxonadan yugurib chiqib: – Hamzaxon, – deb qattiq chaqirdi, – yoningga bir kishini olginda, borib Erkacholni zambilga solib olib kelinglar, u mening yetmish yillik qadr- donim bo‘ladi-ya, og‘ir kunimda yonimda tursin... Nega angrayapsan, tez bo‘l, senlarga ko‘prik quraman deb shu ahvolga tushib, oyoqsiz yotibdi bechora. Yo‘q deganiga ko‘nma, jo‘na tezroq, – deb, yana ichkariga kirib ketdi. Bobojonimni olib kelishdi, zambilda emas, qo‘ltiqdan suyab olib chiqishdi. Enajonim ham chiqdi; bir lagan qatlama ham olib chiqibdi, oppoq dasturxonga o‘ralgan bo‘lsa ham men uning hididan bildim. Men hidni yaxshi bilaman, o‘rtoqlarim qo‘ltig‘iga bir narsani berkitishsa, hidlab nomini aytib beraveraman. Bobom bahonasida menam o‘rtaga olov qalangan katta mehmonxonaga kirib oldim. Bo‘ri bilan To‘rtko‘z qanday o‘lganini bilgim keldi-da. Men o‘zim hamma narsani bilgim kelaveradi. Kirsam, voy, mehmonxonaga achchiq tutun to‘lib ketibdi. To‘rida ostiga serpaxta ko‘rpalar solib, boshiga yumshoq yostiqlar qo‘yib bo‘ri bilan olishgan Abbosxon amakimga joy qilib berishibdi. Yonginasida Dehqon shapka amaki ham o‘tiribdi. Kichkina pichoqchasi bor ekan, o‘sha bilan anor so‘yayapti. Voy, biram yegim keldi-ey! Bolalarning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling