Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 161
Xudoyberdi To‘xtaboyev
160 ko‘zlarini êî‘rib qoldim. Xuddi menga qarab tur- gandek bo‘ldi, xuddi, «ey bolalar, hech qaysingiz- ni tishlamadim, orqangizdan quvmadim, qishlog‘in- gizni bo‘rilardan qo‘riqladim, xolos. Agar qattiq vovullab sizlarni qo‘rqitgan bo‘lsam, meni kechi- ringlar. Men narigi dunyoga, ota-onamning oldiga ketyapman, Ahmadqul bobomni xafa qilmanglar, u juda mehribon, saxiy odam, mening o‘rnimga uni sizlar qo‘riqlanglar, pakana deb masxara qilmanglar...», – deyayotgandek bo‘ldi. Negadir unga rahmim keldi, yig‘lab yubordim, yig‘im anchagacha hech to‘xtamadi. Ahmadqul bobomning: Hamzaxon o‘g‘lim, ombordagi yong‘oqdan bir qop olib chiq, bolalarga cho‘ntaklari to‘lguncha ulash, kattalardan shu bolalar yaxshi ekan, qabriga arslonimni kuzatib borishmoqchi, qara, bellariga belbog‘-bog‘lab, qo‘llariga hassa ushlabdi, – degan gaplaridan keyin yig‘lashdan sal-pal to‘xtadim. Keyin Ahmadqul bobomning katta bog‘iga qarab jo‘nadik, To‘rtko‘zni o‘sha yoqqa ko‘mmoqchi bo‘lishgan ekan. Eng oldinda zambildagi oq kafanga o‘ralgan To‘rtko‘zni ko‘tarib borishdi, ketidan Ahmadqul bobomning o‘zi, bo‘ri bilan olishgan Abbosxon amakim, ularning ketidan qo‘rg‘oncha- mizdagi hamma bolalar ergashdik. Ahmadqul bobom: – Bobong bobomni ko‘r- gandi, otang otamni ko‘rgandi, qadrdonim poyloq- chim, iloyo jo‘ying jannatda bo‘lsin, – deb yig‘lab yubordi. Yo‘q, Hayitvoy bilan Murodxon o‘rtog‘im- ga o‘xshab yolg‘ondakam emas, rostakamiga yig‘lab borardi, ko‘z yoshlarini artib-artib ham olardi. Bo- lalar ham bir xili rostakamiga, bir xili nomigagina yig‘lagan bo‘lib, har xil gaplarni aytib borardi: Jannati odamlar 161 – Jo‘ying jannatda bo‘lsin, arslonim. – Dadamni qutqarib, o‘zi o‘lgan arslonim. – Senga nechta yong‘oq tegdi? – Yigirma uchta, senga-chi? Voy arslonim. – Men sanaganim yo‘q... Joying jannatda bo‘lsin. – O‘lgani yaxshi bo‘ldi, endi oq o‘rikni mazza qilib yeymiz. – Astaroq, Ahmadqul bobom eshitib qolsa xafa bo‘ladi. – Xafa bo‘lmaydi, joying jannatda bo‘lsin, arslonim. Qattiqroq yig‘lasang yana yong‘oq beri- sharkan... – Jigarim, bizni tashlab qayga ketding, jigarim! – Men bilan o‘ynashib, dumalashib katta bo‘lding, To‘rtko‘zim... To‘rtko‘zni ko‘mib qaytib kelsak, allaqachon katta qozonlarni osib, ostiga guldiratib olovlar yoqib palov pishirishayotgan ekan. Sovqotib qolgan qo‘limizni isitish uchun o‘choqqa yaqin borgan edik, oshpaz amaki: – Jinni cholning gapiga kirib shu sovuqda itni ko‘mgani bordinglarmi, – deb so‘radi. – Ha, bordik, – dedik. – O‘ziyam ahmoq edi, sizlarniyam ahmoq qilibdi, nari tur hammang, xalaqit berasanlar. Shunday deb oshpaz amaki hammamizni oldiga solib quvlab yubordi, nariga borgach, Hayitvoy o‘rtog‘im: – O‘zingiz jinnisiz, bog‘ingizda bir tup ham yong‘og‘ingiz yo‘q. Jinnisiz, jinnisiz, – deganicha ko‘chaga chiqib ketdi... Orqasidan men ham chiqib ketdim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling