Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 153
Xudoyberdi To‘xtaboyev
152 – Bobo buni ko‘rmadi. – Ko‘rdi ataylab bog‘ladi. – Endi qanday tushamiz. – Ortiqali sen tushib ko‘r-chi. – Yo‘q, o‘zing tushaqol. – Sigirimni dalaga bog‘lab kelgandim, ochidan o‘lgandir. – Kecha o‘rik ko‘p yevdim, qornim og‘riyapti. – Bir pas sabr qil, ukajon. – Bo‘lmayapti, mana ishtonimni yechayap- man... – Uf, rasvo qilding! Bizni Sultonali akam boshlab keldi. – Kelinglar, danak bilan uramiz uni. – Men o‘rik bilan uraman! Mana shunaqa gaplarni aytaverdik. Kech kirdi, qorong‘i tusha boshladi, yig‘ladik, dodladik. Bir mahal Ahmadqul bobomning o‘zi ko‘rinib qoldi. Katta to‘nini olib kelayotgan ekan, tagiga to‘shab, yonboshlab yotib oldi. Biz tomonga yana qaramadi. Demak, bizni ko‘rmagan, yana ko‘rmayapti, deb o‘ylab: – Bobojon, – deb hammamiz birga baqirib yubordik. – A, ovoz chlqqandek bo‘ldimi? – dedi bobo u yon-bu yoniga qarab. – Biz o‘rikni ustidamiz. – Bobojon, kechiring. – Endi o‘g‘irlik qilmaymiz. – O‘zingizdan so‘rab olamiz. – Endi o‘rikni shoxini sindirmaymiz. – Jon bobo! – deb rosa yolvordik, yolvoraberdik, yolvoraberdik. Oxiri bobo tepaga qarab: Jannati odamlar 153 Eha, o‘rikning shoxini sindirgan senlarmiding? Endi tovba qildilaringmi? – deb so‘radi. – Ha, tovba qildik, – deb yig‘ladik. – Qattiqroq aytinglar, butun qishloq eshitsin. Qo‘rg‘onchamizdagi, qishloqdagi barcha odam- lar eshitsin deb bor ovozimiz bilan charchab qolguncha baqirdik. Nihoyat, boboning rahmi keldi, o‘rnidan shoshmasdan turib, itini yechayotgan edi, yana to‘xtadi: – Meni pakana bobo deb masxara qilgansizlar, – shunday deb, eski to‘nini ustiga o‘tirib oldi. Biz zorlanib yana yolvorishga tushdik. Siz haqingizda yaxshi ashulalar aytamiz, hecham pakana demaymiz, deb qasamlar ichdik. – Qani ashulalaringni bir eshitay bo‘lmasa, – dedi bobo o‘tirgan joyida. Novcha bobo, Polvon bobo, Asal bobo, Shakar bobo, O‘rik bobo. Yong‘oq bobo! – deb bor ovozimiz bilan ashula aytgan edik, bobo boshini silkillatib, yo‘q yana ham qattiqroq aytish kerak, qishloqdagilar eshitmayapti, dcdi yana. Yana aytdik. Oxirida bobo shoshmasdan o‘rnidan turib, eski to‘nini yelkasiga tashlab irillay berib charcha- gan itini yetaklab bog‘ining eshigidan chiqib ketgandan keyin ham yana qaytib kelib qolmasin deya qo‘rqib o‘rikning shoxida o‘tirdik. Qaytib kelsak, Ahmadqul bobom allaqachon hammaga aytib maqtanib, bolalaringni ishtonini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling