Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 145
Xudoyberdi To‘xtaboyev
144 yo‘q ekan, Sahrobekning kuch-qudratiga qoyil qolib, uni o‘ziga o‘g‘il qilibdi. Qirq kun to‘y- tomosha beribdi. Sahrobek qilich chopishni, yoy tortishni, palaxmon otishni o‘rganib, hokimining navkarlariga sarkarda ham bo‘libdi. Alqissa, kunlar soqqaday dumalab o‘taveribdi, qazo kuni yetib hokim olamdan o‘tgach, Sahrobek voris emasmi, shaharning hokimi bo‘lib qolibdi. Bu shahar Shohmalik podsholigiga tobe ekan, oliq- soliqlar haddan tashqari ko‘p ekan, uy solig‘i, qo‘y solig‘i, to‘y solig‘i deb elning tinkasini qo‘ritishar- kan, Sahrobek o‘zining kuch-qudratiga, navkar- larining mahoratiga ishonganidan uch yilgacha shoh xazinasiga o‘lpon to‘lamabdi. Boju xirojni tezroq to‘la deb chopar ustiga chopar kelarmish. Sahrobek ojiz va mute odamlar soliq to‘laydi, ey shoh, zo‘r bo‘lsang, kel, soliqni o‘zing yig‘ib ol, deb noma jo‘natibdi. Tobe shaharning yosh hokimi qilgan bu beadablik shohni darg‘azab qilibdi. Qo‘shin tortib shahar ustiga yurish boshlabdi. Sahrobek shahar atrofiga xandaq qazib, bildir- maydigan qilib poxol bosib qo‘ygan ekan. Shoh- malik askarlari urho-ur deb kelaturib, xandaqlar ichiga tushib ketgan ekan, poyloqda turgan odamlar o‘t qo‘yib yuborishibdi. Sarbozlarning bir qismi o‘tda kuyib kabob bo‘libdi. Qolganlari kattaroq qo‘shin bilan yana qaytib kelarmiz deb orqaga ketayotgan ekan, sahrodagi qumlar ichida berkinib yotgan navkarlar ularni qurshab, qilichdan o‘tkaza boshlashibdi. Vazir Donishzamon ham Shohmalik bilan birga kelgan ekan, qarasa, shohning kuni bitayotganday, qurshovdan chiqishning hech iloji yo‘qday, bordiyu shohni o‘ldirib, boshini olib Jannati odamlar 145 chiqsam, e pahlavon hokim, men hamisha siz tarafda edim, bu zolimdan qutulishning ilojini topolmay yurgan edim, o‘ldirdim, mana uning boshi desam, zero jonimni qutqarib olsam deb o‘ylabdi. Sahroda o‘tov tikishgan ekan, qorong‘i tushishini betoqat kuta boshlabdi. Shom payti ekan, Shoh- malik namoz o‘qigani joynamozga o‘tirganda battol vazir orqasidan pusib kelib, yelkasiga xanjar uribdi. Ikkinchi bor urishga chog‘lanayotganda o‘tovga shiddat bilan Sahrobek kirib kelib, to‘xta, mard yigit yotgan kishiga xanjar urmaydi, pusib xanjar urish nomardning ishi deb, bir hamla bilan vazirning qo‘lidagi qonli xanjarni urib tushiribdi. Og‘ir paytda o‘z shohiga xiyonat qilgan vazir begonaga hech qachon vafo qilmaydi, deya uni shu zahotiyoq o‘limga buyuribdi. Shohmalik uch bora tush ko‘rgan ekan. Har gal tushida oq salla o‘ragan, malla chopon kiygan bir avliyo paydo bo‘larkan-da, ilon qo‘yningda, o‘g‘ling qutqaradi derkanu yana ko‘zdan g‘oyib bo‘larkan. Shoh ko‘rgan tushiga hech ta‘bir topol- may qiynalib yurarkan. Negaki, farzand ko‘rmagan ekan. Hozir o‘tov ichida bandilikda yotib, qarshisida turgan mag‘rur sarkardaga tikilib, shular haqida o‘ylabdi. O‘ylay-o‘ylay oxiri, e g‘olib yigit, men asiringga bor haqiqatni ayt, mabodo onaizoringning oti Gulira’no emasmidi, deb so‘rabdi. Sahrobek shohga yaqin borib, barmoqdagi uzukni ko‘rsatibdi, uzukning ko‘ziga Gulira’noga Shohmalikdan degan yozuv bitilgan ekan. Shohmalik dod debdi-yu, yerga yiqilib tushibdi, boshini ko‘tarib, î‘g‘lim, o‘g‘lim, deya yana o‘zidan keta boshlabdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling