Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 114
Jannati odamlar
113 – Quyoshning nuridaqa nur-da, mana, oynadan o‘tib kelyapti, hovuchimga anchasini ushlab tu- ribman... Kaftimni oynadan olgan edim, yana hovu- chimda hech narsa yo‘q. Alam qildi, judayam alam qildi. Enajonim anavi kuni olib kelganimiz oq qanddan olib holvaytar pishirgan ekan, o‘shani yeyayotgandayam alamim hech tarqamadi. – Ena, o‘ynagani chiqaman, – dedim o‘rnimdan turib. – Bugun hech yoqqa chiqmaysan, – dedi enam. – Chiqaman dedimmi, chiqaman, – deb turib oldim. Undan keyin molxonaga o‘tib qarasam, iye, somonxonani bugun qulflashmapti, ie-ie, ichka- rida Eshon bobom ham yo‘q, kecha yotgan joylari bo‘m-bo‘sh, ko‘rpalariniyam yig‘ib olishibdi. Ha, bildim, Rahmonberdi sezib qolibdi, endi o‘rtoqlariga aytib beradi, deb omborxonaga berkitishgandir- da... Voy, bu yerda ham yo‘q-ku?! Yugurib orqamga qaytdim: – Ena, Eshon bobom qanilar? – Qanaqa Eshon buva? – hayron bo‘lganday so‘radi enajonim. – Somonxonada yotgan Eshon buvam. – Somonxonada hech kim yotgani yo‘q, valdirama. – Aldayapsiz, kecha oldilariga kirganman. Qornim bilan somonga yotib kechgacha gaplash- ganman. – Bema’ni gaplarni gapirma, toylog‘im. – Bema’nimi? Alif, be, te, se, jim, ho, xe, dol, zol... Bularni kim o‘rgatdi bo‘lmasa? Xudoyberdi To‘xtaboyev 114 Enajonim, meni bag‘riga bosib, boshlarimdan siladi, yuzimdan o‘pdi. Har yili bir marta arvohlar keladi, o‘sha arvoh goho xudojo‘y xonadonlarda biror Eshon buvaning qiyofasida ko‘rinadi. Sen, azamatim, arvoh ko‘ribsan, undan harf o‘rganganing yaxshi, savob bo‘ladi, uni unutmagin, takrorlab turgin, lekin zinhor arvoh ko‘rganingni biron kishiga ayta ko‘rma. Aytsang, darrov uyimiz kuyib ketadi, dedi. Oldin ishonmadim, kechqurun bobojonim ham shu gapni aytgandi, keyin ishondim! – Ha-ha, o‘g‘lim, bu gapni hech kimga ayta ko‘rma, – dedi bobojonim ham qo‘rqib, – aytgan zahoting uyimiz kuyib ketadi. – Mollarimiz-chi? – deb so‘radim shoshilib. – Hamma-hammasi kuyadi, ko‘chada qolamiz, – dedi bobom yig‘lamsirayotganday bo‘lib. Men ham kechgacha yig‘lamsirab yurdim. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling