Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
103
bo‘m-bo‘sh. Go‘ng uyib qo‘yilgan joyni aylanib
o‘tayotgandim, sopi kalta kurakni bilmasdan bosib
olibman. O‘sha kalta sopi kelib peshonamga
taraqlab tegdi. Biram, og‘ridiki, enamning gapiga
kirib quloqchinimni kiyib olsam bo‘larkan, buncha-
lik og‘rimasdi. Alam qildi, judayam alam qildi.
Peshonam og‘riyotgani uchun emas, bobom bilan
enam meni aldashgani uchun alam qildi. Yana
tag‘in Rahmonjon bilmasin, Rahmonjon bilmasin,
deb masxara qilishadi-ya... Somonxona tomonga
qaragan edim, ie, ana buni qarang, zo‘r bo‘ldi-ku,
somonxonamiz hech qulflanmas edi, faqat o‘tgan
yili bobom ikki xum musallas solib armanilarga
sotamiz deb qulflab qo‘ygandi, xolos. Kechayam
ochiq edi, quchoqlab beda olib chiqqanman... Ha,
bo‘ldi, Eshon buvamni shu yerga berkitishgan...
Ichiga qanday kirdim endi? Burchakda teshik bor,
Hayitvoy bilan yashin to‘paloq o‘ynaganimizda men
o‘sha yerdan o‘tib, berkinib olardim. Hecham
topolmasdi. Borib qarasam, eski to‘nni buklab tiqib
qoyishibdi. Asta, ovoz chiqarmasdan o‘tib oldim.
Oldin ko‘zim yaxshi ko‘rguncha jim yotdim,
nafasimni chiqarmadim, keyin narigi burchakda,
jo‘xori poya bilan to‘silgan joyda bobojonimnikiga
o‘xshagan katta kalish turganini ko‘rib qoldim.
Somonning ustidan sirg‘alib, emaklab borayot-
gandim, to‘satdan kalish yo‘q bo‘lib qoldi. Ajina
bo‘lsa-ya, deb o‘yladimu enajonim har kuni duo
o‘qiydi, biznikida ajina bo‘lmaydi, deb o‘ylab
qornimni muzday somonga bosib jim yotaverdim.
Poyaning uyog‘i yorishib, hamma narsa ko‘rina
boshladi. Ha, oldin tiðpa barobar qilib somon
to‘shashibdi, keyin kigiz yozishibdi, keyin ko‘rpacha


Xudoyberdi To‘xtaboyev
104
solishibdi, keyin Eshon boboni yotqizib, ustini o‘rab
ham qo‘yishibdi. Eshon bobom teskari tomonga
qarab pish-pish uxlab yotibdilar, qarab turaverdim,
turaverdim... Axiyri zerikib, poyaning orasidan
qo‘limni uzatdim-da, ko‘rpani tortib:
– Bobojon, bobojon, – deya shivirlay boshladim.
– Ha?! – Eshon bobom uyg‘oq ekanlar, o‘rin-
laridan turib ketayozdilar.
Oq ko‘ylaklari ustidan bobomnikiga o‘xshagan
nimcha ham kiyib olibdilar. Poyaning orasidan
boshimni o‘tkazib:
– Bu menman, – dedim.
– O‘takamni yorayozding-ku, bolam. Kimsan
o‘zi?
– Rahmonjonman, oldingizga o‘tsam maylimi?
– Eshik qulf edi shekilli, qayoqdan paydo
bo‘lding?
– Teshikdan paydo bo‘ldim, qo‘rqmang, hech
kimga aytmayman.
– Sal pastroq gapir, bolam.
– Voy, o‘zingiz qattiq gapiryapsiz-ku, – deya
shivirladim.
– Mening bu yerda ekanligimni kim aytdi
senga?
Kechasi enam bilan bobojonim gaplashayot-
ganda o‘zimni uxlaganga solib hammasini eshitib
oldim. Qo‘rqmang, bobojon, hech kimga aytmay-
man. O‘yinchoq bersayam, pul bersayam hech
kimga aytmayman. Aytsam sizni yana qamab
qo‘yishadi, to‘g‘rimi?
– To‘g‘ri-ku, bolam, lekin...
– Sizni êî‘rib qolganimni bobomga ham
aytmang, xo‘pmi? Aytsangiz, e, bu bola o‘rtoq-



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling