Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 98
Jannati odamlar
97 Jadal yurib chiqib ketdik. Bobojonim oyog‘i og‘rib, cho‘loqlanayotgan bo‘lsayam hassasini qo‘ltig‘iga olib, shunaqa tez yurdiki, orqasidan zo‘r- g‘a yugurdim. Yigitali akaning eshigiga yetganda to‘xtab: – Zahroxolangnikiga ham birrov kirib keta- mizmi? – deb so‘radi. – Unikiga kirmaymiz, – dedim. – Unday dema, o‘g‘lim. – Qachon borsam, ha, bobongni mayizidan obkemabsanda, hammasini î‘zing yeb yuravera- sanmi, deydi... Kirsak, qantimizni yarmini olib qo‘yadi. – Ha, mayli, o‘ziyam, qorong‘i tushib qoldi, turtinib yurmaylik. – To‘g‘ri, bobojon, turtinib yurmaylik, – dedim men ham. Endi sekin-sekin yura boshladik. Qishloqdan chiqib qo‘rg‘onchamiz ko‘ringuncha jim bordik. So‘ramay desam ham so‘ragim kelaverdi: – Bobojon, melisa amaki sizdan nimani so‘radi? – Qamoqxonadan birov qochibdi. – Voy, kim qochibdi? – Xoneshon hazratlari. – E, yozda bog‘imizga mehmon bo‘lib keladigan eshon buvami? – Ha, o‘sha kishi. – Meni tizzasiga o‘tqazib, duo o‘rgatadigan eshonbuvami? – Ha, o‘sha deyapman-ku. – Voy ushlashib olishsa-chi? – Yana qamashadi-da, o‘g‘lim. – Keyin nima bo‘ladi, bobojon? Xudoyberdi To‘xtaboyev 98 – Qo‘y, bolam, so‘rayverma, yuragimga gap sig‘mayapti. – Menikiga sigyapti-ku, bobojon. – Seniki keng-da, î‘g‘lim. – Sizniki judayam tormi? – Ha, keyin keksayganda odamning yuragi tor bo‘lib qoladi. – Bobojon, tor bo‘lmasdan oldin qancha gap sig‘adi? – Qo‘y o‘g‘lim, birpas jim ketaylik. – Yo‘q, aytasiz, aytmasangiz, qorga o‘tirib olaman. – Eh-he, odamning yuragiga tor bo‘lguncha mana shu yerda qancha qor bo‘lsa, shuncha, dalalarda qancha daraxt bo‘lsa, shuncha, tog‘larda qancha tosh bo‘lsa, shuncha so‘z sig‘ar ekan. O‘zi- ning so‘zi, enajonining so‘zi, bobojonining so‘zi, o‘rtoqlarining so‘zi, hamma-hammasi sig‘ib ketave- rarkan... Kelsak, enajonim kechki ovqatni pishirib, sigirniyam sog‘ib olib, sandalga bozillatib olov solib qo‘ygan ekan. Faqat, moshkichiri pishirgani yomon bo‘pti. Men uning o‘zini emas, sabzisini yomon ko‘raman, og‘zimga solsam chaynagim kelmay turaveraman. – Ha, Otajon, tinchlikmi? – so‘radi enam, – qovog‘ingiz ayron xaltaday osilib ketibdi? – Uh, charchadim shekilli, – inqillab dedi bobojonim. – Aftingiz boshqa narsani aytib turibdi-ku? – Senam nevarangga o‘xshab hamma narsani bilging kelaveradi-ya... Ovqatingni suz... Xoneshon hazratlari qamoqxonadan qochib ketibdilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling