Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 100
Jannati odamlar
99 – Voy xudoyim, kimdan eshitdingiz? – Ikkita melisa bola qishloqni ag‘dar-to‘ntar qilib yuribdi. – Xudoyo o‘zi panohiga olsin, – enam fotihaga qo‘l ochdi, – avliyolar madadkor bo‘lsin, yurti- mizning imoni edilar, imonli bandalarning baxtiga hamma balolardan qutulib olsinlar. Nima qilardik, otasi, osmon yiroq, yer qattiq... Faqat qovog‘ingizni ochibroq î‘tiring. – Nima, ashula aytib beraymi, bo‘lmasa, – jerkib berdi bobojonim. – Yoshligingizda aytolmagan ashulani endi aytarmidingiz, – dedi enam ham. Kechki ovqatni jimgina o‘tirib yedik. Bir- birimizga hecham gap qo‘shmadik. Keyin men kigizga o‘tirib xaltadagi yong‘oqlarimni qaytadan sanab ko‘ra boshladim. Ular bo‘lsa omborxonadan savatda mayiz olib chiqib, cho‘pini tozalay bosh- lashdi. Qo‘qonga olib borib sotamiz, pulini to‘plab, mening to‘yimga ishlatamiz. – Ena, uyqum kelyapti, – dedim esnab. – Sandalga yotib tur, keyin yonimga olaman, – dedi enam. – Ertak aytib bermaysizmi? – Ertakni ertaga aytamiz, toylog‘im. Tezgina uxlab qoldim. Qancha uxladim, bilmay- man, yana uyg‘onib ketdim. O‘choqda guldiramazon bo‘lib o‘t yonyapti, uy yop-yorug‘, enam bilan bobom yo‘q, savatdagi mayiz o‘rtada turibdi. Qo‘yimiz tug‘ay-tug‘ay deb turuvdi, o‘shayoqqa chiqib ketishgandir-da, deb î‘ólab u yonboshimga o‘girilib oldim. Enam bilan bobom uyga kirib ikkita ko‘rpa, ikkita yostiq olib yana chiqib ketishdi. Ie, qo‘y Xudoyberdi To‘xtaboyev 100 tug‘ayotganda tagiga ko‘rpa solisharkan-da, deb o‘yladim. Yana chiqishib, patnisda non, mayiz, qozondagi moshkichiridan ham olishdi. Ie, deb o‘yladim yana, qo‘y tug‘ayotganida moshkichiri ham yer ekan-da. Keyin ikkovlari qaytib chiqishib, sandalga o‘tirishdi. – Ishqilib Rahmonberdi sezib qolmasin-da, onasi, – deb shivirladi bobom. – Sezmaydi, dong qotib uxlab yotibdi, – enam ham shivirladi. – Nima bo‘lgandayam bola-da, bitta-yarimtasiga aytib qo‘yadimi deb qo‘rqaman. – Qo‘rqmang, otasi, omborxonani qulflab qo‘yamiz. – Bechora eshon hazratlari, – shivirlay boshladi bobojonim, – ko‘p qiynalibdilar-da. Melisa yigitlardan biri savob bo‘lar deb o‘zi bosh bo‘lib qochiribdi. Yaxshi odam ko‘p-da, onasi... Qorong‘i tushguncha suvi yo‘q ariqda, ko‘prikning ostida yotibdilar-a... – Voy sho‘rim, muzlab qolgandirlar? – Muzlash ham gapmi, tillari gapga kel- mayapti... Biznikiga yaxshi kelibsiz, xilvatjoy, bola- chaqa yo‘q, kirdi-chiqdi kam, dedim. Tirik ekanman, Xudo xohlasa sizni ehtiyot qilaman, dedim. Sho‘ring qurg‘ur, yum-yum yig‘laydi, de- gin... Onasi, tur, ozgina sut qaynatgin, asal qo‘shib ichiraylik. – Otasi, mayli, hazratimni ehtiyot qilaylik, savob bo‘ladi, bu dunyodan savobdan boshqa yana nima ham olib ketardik... Ana shunaqa gaplar bo‘laverdi. Ha, bildim, hammasini bildim, eshon buvam qochib biznikiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling