Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
95
– Qiziq-qiziq gaplardan gaplashib ketaylik
dedim-da.
– O‘zingiz qiziq gaplardan bilmaysizmi?
– Endi, î‘g‘lim, sen ko‘proq bilasan-da.
To‘g‘ri, menga qaraganda bobojonim qiziq-qiziq
gaplardan kamroq biladi. Bir marta, bolam,
og‘zingga qarab gapir, degandi, bobojon, og‘zimga
qanday qilib qarayman, qarasam gapirolmayman-
ku, desam, bobojonim:
– Sen, o‘g‘lim, qiziq gap aytding-ku, – deb
rosa kulgan. Yana bir marta dalaga suv ochgani
ketayotganimizda hoy, ko‘zingga qarab yur,
tikonni bosib olmagin tag‘in degandi, etagidan
tortib, bobojon, ko‘zimga qanaqa qilib qarayman,
qarayman desam mana yumilib qolyapti-ku, deb
javob berganimdayam rosa kulgan.
Do‘kon oldida meni taniydigan bolalar bo‘lsa,
yangi etigimni ko‘rsatib rosa maqtanaman, degan-
dim, esizgina, nuqul katta bolalar chiqibdi. Ularga
ko‘z-ko‘zlagim kelmadi. Bu yerda qishloqning
idorasi, uning yonida ichiga bug‘doy bilan sholi
to‘kib qo‘yilgan sirli machit, undan narida do‘kon,
undan narida novvoyxona, undan narida choyxona,
choyxonaning oldida yozda katta bolalar cho‘mi-
ladigan hovuz ham bor. Hammasi joyida turgan
ekan.
Ularni tomosha qilib bo‘lganimdan keyin
yugurib bobomning oldiga kirdim. Bobojonim fonar
yog‘i, kallaqand olib, endi pul uzatayotgan ekan,
qani, qancha berarkan, deb tikilib turdim.
– E, amaki, kattarog‘idan uzatavering, shuncha
pulni nima qilasiz? – dedi magazinchi amaki.
Bobom pulning ortganini karmoniga solib:


Xudoyberdi To‘xtaboyev
96
– Nima qilardim, mana shu o‘g‘limga to‘y qilib
bermoqchiman, – dedi.
Sotuvchi amaki menga bitta popukli qand
uzatib:
– To‘yingga meniyam aytasan-a? – deb so‘radi.
– Yana bitta bersangiz keyin aytaman, –
degan edim, ikkovlari rosa kulishdi. Boshiga
o‘g‘ilchasining to‘nini yopinib chiqqan bitta opa
bor ekan, teskari qarab uyam kuldi. Mana shunaqa,
men qiziq-qiziq gaplarni ko‘p bilaman. Endi chiqib
ketayotgandik, boshiga qizil shapka kiygan ikkita
melisa amaki kirib keldi. Men qo‘rqib ketdim.
Quloq bo‘lib o‘lgan otamni ana shular qo‘lini
orqasiga bog‘lab, olib ketishgan bo‘lishsa-ya, deb
o‘ylab, ana shunga qo‘rqdim. Ikkovidayam to‘p-
poncha yo‘q, faqat chakmonida yaltiroq tugma-
chalari ko‘p ekan. Shunaqangi tugmachalardan
menda ham bor, qutichamga solib qo‘yganman.
– Xabarim yo‘q... – dedi bobom melisa amakiga
qarab. Demak, ular bir narsa so‘rashibdi-da, men
eshitmabman, nimani so‘rashdi ekan? O‘sha
tugmachalarimni so‘rashgan bo‘lsa-ya, men
ularni o‘g‘irlab olganim yo‘q-ku, katta cho‘yan
soqqaga almashtirib olganman! Bobomning orqasiga
o‘tib, chakmoniga betimni berkitib oldim, yana
qo‘rqa boshladim.
– Mobodo biror xabar eshitsangiz... – dedi
melisa amaki.
– Albatta, albatta, – javob qaytardi bobom.
– Idoramizni ko‘rgansiz-a?
– Xudo uni hech kimga ko‘rgilik qilmasin-u,
lekin ko‘rganman, bolam, ko‘rganman. Albatta
xabar beraman.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling