Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
87
Biz hammamiz o‘rnimizdan turib gurillatib
qarsak chalib yubordik, Abduhalimning o‘zi
hammamizdan ko‘proq chaldi. Enam unga to‘rtta
yong‘oq, to‘rtta o‘rik uzatdi. O‘rtog‘im, juda ko‘p
yutaman, deb o‘ylab uylaridan ataylab bo‘z xalta
ko‘tarib kepti.
Yong‘oq bilan o‘rikni o‘shanga solib, yonida
o‘tirgan sherigiga lablarini. Chapillatib maqtanib
ham qo‘ydi.
– Xo‘sh, endi navbat kimniki? – so‘radi bobo-
jonim.
– Halidan buyon men tikka turibman-ku, –
arazlaganday qilib dedi Dilijon.
– E-ha, e’tibor bermabman. Yunusvoyning
nabirasimiding?
– Voy, hozir so‘radingiz-ku?!
– Ha, aytganding-a... Qani boshla bo‘lmasa,
o‘g‘lim.
– Ko‘p aytsam, ko‘p berasizmi?
– Ko‘p beraman.
– Odobli bola... odobli bola bobosi ishlayotganda
oldiga «assalomu alaykum», deb boradi, – Dilijon
qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, qanaqa salom berishini ham
ko‘rsatdi.
– Yaxshi, – deb qo‘ydi bobojonim.
– Undan keyin, bobosi ishlayotganda oldiga
borib, ketmonni menga bering, men chopishib
yuboraman, deydi.
– Bu gaping ham yaxshi, davom etaver.
– Bobosi qo‘l yuvayotganda obdastani olib,
keling, bobojon, men quyib yuboraman, deydi.
Keyin kechqurun, bobojon, oyog‘ingizni uqalab
qo‘yaymi, deydi... Keyin, bobosi hovuzdan suv


Xudoyberdi To‘xtaboyev
88
olib kelayotganda, menga bering, charchab qolasiz,
deydi.
– Barakalla, î‘g‘lim, ko‘p odobli ekansan, –
deb maqtadi bobojonim, – odobni faqat bobongdan
o‘rganibsanda, ota-onang o‘rgatmabdi-da.
– Voy, ular qishloqqa ko‘chib ketishgan-ku, –
shoshilib dedi Dilijon.
– Ha, aytganday, sen Yunusvoy bilan qolgansan,
a? Barakalla, esimdan chiqay debdi.
– Endi yong‘oqni bering, – ikkov qo‘lini barobar
uzatib dedi Dilijon.
– Bersangiz, enam o‘rgatgan odobni ham aytib
beraman, enam sen hammadan odoblisan, degan.
– Xo‘p, qani eshitaylik-chi, enang nimalarni
o‘rgatgan ekan.
– Odobli bola yotayotganida o‘ng tomonini
bosib yotadi... Keyin yana turayotganida ham o‘ng
tomoni bilan turadi... Keyin yana uyga kirayotgani-
da o‘ng oyog‘ini mana bunday qilib bosib kiradi...
keyin yana uydan chiqayotganida ham o‘ng oyog‘ini
bosib chiqadi.
Hammamiz tasir-tusiriga olib qarsak chalib
yubordik. Dilijon ko‘p aytib yong‘oqni ko‘p olib
qo‘ymasin, deb o‘g‘limda hali gap ko‘pga o‘xshaydi,
degandi, yana qarsak chaldik. To‘g‘ri-da, hamma
yong‘oqni u olar ekanu, o‘rikni yeb o‘tiraverar
ekanu, biz qarab turarkanmiz-da? Hecham-da.
Enajonim, bo‘lmasa mayli, endi mehmon qizlarimga
ham navbat beringlar zerikib qolishmasin, degandi,
Sanambuvi opasining tizzasida o‘tirgan Rohila
o‘rnidan turib:
– Enam menga kamzul tikib yuborgan, – deb
egnidagi kamzulchasini ko‘z-ko‘z qila boshladi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling