Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 82
Jannati odamlar
81 Oftob chiqdi olamga, Yugurib bordim xolamga, Xola, xola, kulcha ber, Xolam deydi, o‘tin ter. O‘tin terdik bir quchoq, Kulcha yopdik bir o‘choq. Do‘l bo‘lganga o‘n kulcha, Kech qolganga bir kulcha, Jizzasi bor o‘zimga, Yaxshi aytgan so‘zimga... Shunday qilib xudojo‘y otaning to‘rttovi far- zandi ham el-yurt xizmatiga bel bog‘lashni niyat qilishgan ekan, niyatlariga yetishibdi. Yaxshi niyat qilgan kishilar hamisha murodiga yetarkan. Odamlar o‘g‘lonlardan mamnun bo‘lib, umrlaring uzoq bo‘lsin, dunyo turguncha turinglar, deb duo qilarkan. Bu duolar ijobat bo‘lib, xudoi taolo o‘g‘lonlarni hech o‘lmaydigan, dunyo turguncha turadigan qilib, biriga Ayoz bobo deb, ikkinchisiga Bahor bobo deb, uchinchisiga Haydar bobo deb, to‘rtinchisiga Quyosh bobo deb nom beribdi. Bu bobolar hozir ham tirik ekan, dunyoni kezib yurisharkan, qor so‘raganda qor, yomg‘ir so‘raganda yomg‘ir yog‘dirib berisharkan. Enajonim ertakni tugatib, deraza tomonga tikilgancha jim bo‘lib qoldi. Men ham o‘sha tomonga tikilib, ancha mahal jim turdim, keyin: – Ena, o‘sha sehrli duolarni siz ham bilasizmi? – deb so‘radim. – Yo‘q, bolam, bilmayman, – dedi enajonim xo‘rsinib. Xudoyberdi To‘xtaboyev 82 – E-e, bilganingizda menga o‘rgatib qo‘yar- dingiz. – O‘rgatsam nima qilarding? – Qorlarni, yomg‘irlarni chaqirardim, odam- larning duosini olardim... – Toylog‘im, azamatim, kel, bir achomlashaylik, – dedi enajonim quchog‘ini keng ochib. To‘yib achomlashdik. Oyog‘idagi qorni ostonaga tap-tup qoqib Ahmadqul bobom kirib kela boshladi. Avvaliga qor yog‘diradigan Ayoz bobo shu bo‘lsa-ya, deb o‘yladim. Keyin Erkachol, qalaysan, o‘rtoq deganini eshitib, yo‘q bu Ahmadqul bobomning o‘zginasi, deb ko‘nglimdan o‘tkazdim. Hol-ahvol so‘rashib olgach: – Mana, o‘g‘lim, – dedi Ahmadqul bobom mushuklarga ovqat beradiganga o‘xshash kichkina kosachani tancha ustiga qo‘yib, – aytganingni qildim. Bo‘rsiqning erkagi ilingan ekan, yog‘idan jinday olib o‘zini qo‘yib yubordim. Sakrab-sakrab iniga kirib ketdi. Robiyabibi sizning ham ishingiz oson bo‘ldi, hidiga toqat qilolmaysiz deb, biryo‘la o‘zim eritib chiqa qoldim. Qani o‘rtoq, erkalanib yotavermay, oyog‘ingni chiqar, yog‘ni o‘zim surtib qo‘yaman. – Bobojon, rostdan ham bo‘rsiqning erkagi ilingan ekanmi? – deb so‘radim ishonqiramay. – Ha, erkagi ilinibdi, menikiga o‘xshagan mo‘ylovi ham bor ekan. – Keyin chindan ham qo‘yib yubordingizmi? – Ha, qo‘yib yubordim, iniga kirguncha orqasidan qarab turdim. Sevinib ketdim. Juda-juda sevindim. Endi unga erkak bo‘rsiqning bolalari otamiz qachon kelarkin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling