Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 78
Jannati odamlar
77 – Enajon, shu qorlar qayoqdan paydo bo‘ladi? – Buyam yaratgan egamning bir karomati-da, o‘g‘lim. – Yaratgan egam deganingiz Xudomi? – Ha, Xudo. – Ayta qo‘ling, qor qayerdan paydo bo‘ladi, jon enajon? Anavi kuni Abdurahimdan so‘rasam, Xudo elakka un solib elaydi, o‘sha yerga qor bo‘lib tushadi, deydi. Yolg‘on-a? Shuncha unni Xudo qayerdan oladi, osmonda tegirmon yo‘q-ku! – Aytdim-ku! Xudoning karomati deb. – Yo‘q-yo‘q, aytasiz, bo‘lmasa tiktirgani qo‘y- mayman, – shunday deb tizzasiga qo‘yib tikayotgan chokini tortib oldim, – Xudoning karomatini aytib berasiz. – Hamma narsani bilging keladi-ya, î‘g‘lim. Bo‘lmasa jim o‘tir, xalaqit berma. Qor haqidagi ertagimni aytib beraman. – Hammasini aytasizmi? – Hammasini aytaman. – Uxlab qolsam-chi? – Kechasi bo‘lsa uxlab qolarding, hozir kunduzi- ku, î‘g‘lim, faqat gap qo‘shmay tur, xo‘pmi? – Xo‘p. Enajonim har gal ertak boshlashidan oldin bir nafasgina ko‘zlarini yumgan ko‘yi jim bo‘lib qolar- di, bu gal ham shunday qildi. Eslab olsa kerak-da. – Qadim-qadim zamonda, – deb gap boshladi keyin, – shu o‘zimizning Farg‘ona tomonda ajoyib inson yashagan ekan. Xushfel, xushxulq, yana bobojoningga o‘xshab yaxshi bog‘bon, saxiy, saxo- vatli, yana yetim-yesirlarga, beva-bechoralarga ko‘p mehribon ham bo‘lgan ekan. Xudoyberdi To‘xtaboyev 78 Besh vaqt namoz o‘qirkan, ro‘za tutarkan, musulmonchilikni o‘rniga qo‘yarkan, xudoyi taolo mo‘minu musulmon bu insonga to‘rt farzand ato qilibdi, to‘rtoviyam o‘g‘il bo‘libdi, degin. Har o‘g‘illar ekanki, tojdor podsholarning ham havasi kelarkan. – Enajon, katta bo‘lsam menam o‘sha yigitlar- daqa bo‘lamanmi? – deb so‘radim. – Xudo xohlasa, albatta, bo‘lasan. Gap qo‘sh- may turda, o‘g‘lim, adashib ketaman. Cholning o‘g‘illari ham otalariga o‘xshab saxiy, saxovatli, mehnatkash ekan. Har kuni o‘rinlariga yotganda, e Xudo, bizga shunday fazilat ato qilgin- ki, butun olamdagi odamlarga yaxshilik qilaylik, bu yaxshilik hech ado bo‘lmasin, deb iltijo qili- sharkan. Xudo ularning iltijosini bajo qilibdi va har biriga alohida bir sehr ato qilibdi. Duo o‘qishsa, katta o‘g‘il qorga, ikkinchi o‘g‘il yomg‘irga, uchinchi o‘g‘il shamolga, to‘rtinchi o‘g‘il quyoshga aylanib qolar, yana duo o‘qishsa, o‘z hollariga qaytishar ekan... Qish kelsayu qor bo‘lmasa yomon bo‘larkan. Odamlar xudodan qor so‘rab, uyoq-buyoqqa yugurib qolisharkan. Katta o‘g‘il bilgan duosini o‘qirkan, butun olamga goh shakarqor, goh laylakqor yog‘a bosh- larkan. Bolalar sevinishib: Qor yog‘ar, qor yog‘ar, Dalalarga don yog‘ar. Qor yog‘ar, qor yog‘ar, Uyimizga non yog‘ar, – deb ashula aytisharkan. Negakim, qor ko‘p yog‘sa, qirlarda bug‘doy yaxshi unarkan, daryolarda suv |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling