Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 70
Jannati odamlar
69 edi. Sen ham chakki bo‘lmabsan, barakalla, dedi. Matmusa bobom yonidan buklama pichoqchasini chiqarib, anor so‘ya boshladi. Donasi qop-qora ekan. Og‘zim suv ochib ketdi, yegim keldi-yu, qo‘l uzatgani uyaldim. Qambarali bobom enam keltirib bergan choyni qaytarib-qaytarib, choynakning ustiga boshidagi telpagini kiygizib qo‘ydi. – O‘zimdan chiqqan baloga qayga boray davoga, – deb gapira boshladi Matmusa bobom. – Ha, insof eng avvalo o‘zimizdan ketdi. – Xudoni unutdikmi, hamma balo shundan. – Barchani bir-biriga poyloqchi, bir-biriga yov qilib qo‘yishdi-ya. – Qaytaga kofir bo‘lsayam o‘sha Oqpodsho yaxshi ekan, hammayoq musulmonobod edi. – Hoy, Yunusvoy, astaroq, devorning ham qulog‘i bor deydilar, – ana shunga o‘xshash gaplar bo‘lib turuvdi, darrov teskari o‘girilib yana mazza qilib eshita boshladim. Yunus bobom: «Erkavoy, boyvachcha kuyovingdan qolgan nabirang shu bo‘ladimi?» deb so‘radi. Xudoga ming qatla shukr, dedi bobojonim, xayriyatki, shu bor ekan, harqalay, kunimga yarab turibdi, choy qaynatadi, oyog‘imni uqalaydi, molga xashak soladi... – Menga qara, o‘g‘lim, – dedi Yunus bobom, – ma, mana bu behini olgin-da, sersuvgina ekan, qarsillatib yeb ko‘chada o‘ynab kelgin. Ha, bilib turibman, meni aldab-suldab ko‘chaga chiqarib yuborishadi-da, keyin o‘zlari qiziq-qiziq gaplardan maza qilib gaplashishadi. Hecham-da, shartta o‘rnimdan turib: – Bobojon, esli bolalar sovuqda ko‘chaga chiqmaydi, – dedim. Xudoyberdi To‘xtaboyev 70 – Bo‘lmasa biznikiga chiqa qol, – dedi yana Yunus bobom, – o‘rtoqlaring ayvonda yong‘oq o‘ynashyapti, o‘shalarga qo‘shila qol. – Men yong‘oq o‘ynashni yomon ko‘raman, – dedim hech chiqqim kelmay. – Enam mehmonlar kelganda sen gapga qo‘shilmay choy qaynatib tur- gin, degan. Mana, qumg‘onni qaynatdim-ku. Chol bobolar bir-birlariga qarab olishdi. O‘zim- ning bobom sal kulimsiraganday ham bo‘ldi. Endi oyoq og‘riq haqida gaplasha boshlashdi. Juda yomon dard ekan, oyoq bo‘lsayu yurolmasa, undan yomoni yo‘q ekan. Bobojonimda oyoq bor ekan, bosh yo‘q ekan, boshi bo‘lganda oyog‘ini ehtiyot qilgan, sovuq suvga solmagan bo‘larkan. Bobojonlar soqollarini silkitib, he-helashib kulishib olishdi. Men darrov o‘girilib bobojonimga qaradim, xayriyat – boshi joyida turgan ekan... Oyoq og‘riqning davosi o‘rik o‘tining bozillashiyu qora qo‘chqorning yog‘i emish. Qo‘chqorning yog‘iga palov damlab, to‘yib yeb, oyoqqa ham surtib, qizib turgan sandalga uzatilsa, shunday terlar emishki, bir uxlab turilsa, og‘riq yo‘q bo‘lib qolarmish. Luqmon bobo degan katta do‘xtir shunday deganmish. Bu gaplarning hammasini beli bukri Yunusali bobom aytdi. Boshqa bobolar ma'qul deyishib, boshlarini qimirlatib- qimirlatib turishdi. Haligi tugunchalardan birida yangi so‘yilgan qora qo‘chqorning go‘sht-yog‘i bor emish... Oshni o‘zimiz damlab, Erkavoy bilan bir chaqchaqlashaylik, deb kelishgan emish. – Robiyabibi, – deb chaqirdi axiyri Yunus bobo. Enam hovlidan turib: – Men shu yerdaman, – deb ovoz berdi. – O‘rik o‘tindan bormi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling