Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
85
urishib beradi, birga chiqasiz, deb hovliga sudray
boshladim.
– Voy, enaginang o‘rgilsin-ey, – deb qo‘ydi
oxiri enajonim.
Hammasini aytdik, ko‘cha boshidagi G‘ulom
bobonikigacha bordik. Uyimiz bolaga to‘lib ketay
dedi. Bilasizku, chorhari uyimiz judayam katta.
Enajonim hammasining tagiga mening to‘yimga
atab tikkan yakandozlaridan to‘shab:
– Xush kelibsizlar, mehmonlar! – dedi.
Hayitvoy o‘yin boshlanib qolsa, tag‘in kech
qolmayin deb qo‘rqib etigini kiyishga chidamay,
bobosining mahsisining ustidan kiyadigan katta
kalishini kiyib chiqqan ekan, ichi qorga to‘lib qopti.
Sanambuvi uch yoshli Rohila degan qo‘g‘irchoqqa
o‘xshagan singilchasi bor ediku, o‘shaniyam ergash-
tirib chiqibdi. Dilijon otasining quloqli telpagini
kiyib chiqqan ekan, beti ko‘rinmay, hech kimga
o‘xshamay o‘tiribdi. Bobojonim, har biriga alohida-
alohida tikilib, bu kimning bolasi, bu kimning
nabirasi, deb so‘rab chiqdi. Enajonim g‘alvirni
to‘ldirib yong‘oq, mirsanjali o‘rigimizdan olib
chiqib, bobomning oldiga qo‘ydi-da:
– Hoy, otasi, boshlamaysizmi? – deb qistadi.
– Xo‘sh, o‘g‘il-qizlarim, jajji mehmonchalarim,
– dedi bobojonim, – odobli bola o‘yinini bilasizlarmi
o‘zi?
– Bilamiz, hammamiz bilamiz, – dedik
chuvillashib.
– Kimdan boshlaymiz bo‘lmasa?
– Mendan, – sakrab o‘rnidan turdi Abduhalim.
– Sen kimning nabirasi bo‘lasan?
– Raimqori boboning.


Xudoyberdi To‘xtaboyev
86
– Bobong ko‘rinmaydi, tinchlikmi?
– Qo‘qonga mayiz sotgani ketgan, enam ko‘tar-
ganiga sotib darrov qaytib keling, savdolashib vaqtni
o‘tkazmang, degandi, bobom ishingni qil, o‘zim
bilaman, deb ketgan.
– Lekin bobong mayizni yaxshi quritadi-da...
Xo‘sh, qani ayt-chi, o‘g‘lim, odobli bola qanaqa
bo‘ladi?
– Odobli bola... esli bo‘ladi, – shoshilib qoldi
Abduhalim.
– Yana?
– Yiqilib tushganda yig‘lab o‘tirmaydi, darrov
o‘rnidan turib ketaveradi.
– Yaxshi, yana qanaqa bo‘ladi?
– Yana, ukasi yiqilganda o‘rnidan turg‘izib,
yig‘lama, ukajonim, yig‘lama, deb yelkasini silab
qo‘yadi.
– Xo‘sh, yana qanaqa bo‘ladi?
– Akasini sizlab gapiradi, yana kattalar ish
buyurganda «xo‘p bo‘ladi», deb qo‘lini mana bun-
day qilib ko‘kragiga qo‘yib turadi.
Barakalla, o‘g‘lim, yana qanaqa bo‘ladi?
– Yana, ota-onasiga gap qaytarmaydi, mollarga
ozor bermaydi, bir marta ona echkimizni minmoq-
chi bo‘lganimda buvim, «odobli bola unday qil-
maydi», degan.
– Barakalla, xo‘p, yana qanday bo‘ladi?
– Qushlarni o‘ldirmaydi... Bir marta tutning
kavagidan chumchuqning bolasini olayotganimda,
enam, «odobsiz, nima qilyapsan, tush darrov»
degan.
– Barakalla, o‘g‘lim, qanoat hosil qildim, sen
ko‘p odobli ekansan.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling