Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 92
Jannati odamlar
91 chalib uyat, uyat, uyat, deb uyni boshimizga ko‘tardik. Murodxon shovqin bosilgach: – O‘rigimniyam bersangiz keyin î‘ynayman, – dedi. Bobojonim hovuchida o‘rik uzatuvdi, shosh- masdan cho‘ntagiga soldi-da, men buvimdan so‘rab chiqay, keyin o‘ynayman, deb shataloq otib chiqib ketdi. – Uyat, uyat, uyat, uyat! – deb baqirdik or- qasidan. – Endi navbatni Sanamxon qizimga beraylik, – dedi enam. Sanambuvi zo‘r, judayam zo‘r, hammadan ko‘p biladi, Ahmadqul bobomnikida o‘ynaganimizda aytaverdi, aytaverdi, yong‘oqlarni olaverdi, olaver- di, oxiri Ahmadqul bobom, e, barakalla, qizim-ey, yana birpas o‘ynasak, omborni qoqlab qo‘yasan shekilli, dedi. Keyin-chi, Sanambuvi gapirayotganida bir yerga, bir uyning shiptiga qaraydi, o‘shanda adashib ketmasa kerak-da. Yong‘oq turgan g‘alvirlarga hech qaramaydi. – Odobli qiz o‘rnidan turganda eng avval jo‘yini yig‘adi, – deb gap boshladi Sanambuvi, – undan keyin yuz-qo‘lini yuvadi, undan keyin hovli supu- radi... – Barakalla, qizim, ko‘p odobli ekansan. – Keyin tovuqlarni katakdan chiqarib yuboradi, nonushtaga o‘tirishganda kattalardan oldin qo‘l uzatmaydi. – Taom yeyishdan oldin «Bismillohu rahmonir rahim» deydi. – Barakalla, qizim, ofarin! Xudoyberdi To‘xtaboyev 92 – Qorni to‘yganda «Alhamdulilloh, xudoga shukr» deydi. – Yaxshi, davom etaver, qizim, ko‘p odobli ekansan. – Nonushta tugaganda, dasturxonni qoqib, savobini umidvor arvohlarga bag‘ishladim, deydi... Chuchkurganda kafti bilan og‘zini berkitib, «la ilaha illolloh», deb turadi. Bo‘lmasa og‘ziga shayton kirib qoladi. – Barakalla, qizim, barakalla. – Undan keyin... yana aytaveraymi, bobojon? Yana aytaversam, odobli qiz kiyimlarini hamisha ozoda tutadi... aka-ukalarini sizlab chaqiradi. – Barakalla, qizim, bilganlaringning hammasini ayt... Eng katta mukofotni senga beraman shekilli. – Undan keyin mehmonlar kelganda, xush kelibsizlar, deydi. Ketishayotganida, voy, muncha shoshyapsizlar, yana kelinglar bo‘lmasa, tez-tez kelib turinglar, deydi. Odobli qiz o‘yini shu yerga yetganda Matmusa bobomning kichkina qizi o‘rnidan turib, voy, xolajon, Sanamxon mening odobimni aytib qo‘yapti- ku, bularni menga buvim o‘rgatgan, deb sal bo‘lma- sa yiglab yuborayozdi. – Hecham-da, – dedi Sanambuvi, – men o‘zimning enamdan o‘rganganman. – Enang bizdan o‘g‘irlab olibdi, bo‘lmasa o‘g‘ri ekan, uyat, – deb Dilbarxon Sanambuvi tomonga asta-sekin kela boshladi. Ikkovlari bir-birlariga tikilishib, urishay-urishay deb qolishdi. E, urishmasa bo‘lardi-da, o‘yinimiz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling