Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 94 TUNGI MEHMON E
Jannati odamlar
93 endi rasvo bo‘ladi. Qarsak chalib yuboruvdik, unga ham parvo qilishmadi. Endi bir-birlariga judayam yaqinlashib qolishdi. Mening enam o‘zi yaxshi-da, judayam aqlli, ikkovlarini ikki qo‘ltig‘iga olib, peshonalaridan cho‘pillatib o‘pib, yarashtirdi- qo‘ydi. Onajonlarim, asal qizlarim, dedi keyin, osmon hammaniki bo‘lgani kabi, quyosh hammaniki bo‘lgani kabi odob so‘zlari ham hammaniki bo‘ladi. Sizlar, asal qizlarim, osmonga qaraganlaring bilan osmon ado bo‘lib qolmaydi, to‘g‘rimi? Har birlaring o‘z uylaringda turib odob so‘zini aytganlaring bilan odob ham ado bo‘lib qolmaydi... Odob ham, oftob ham hammaniki... Biz betoqat bo‘lib navbatimiz qachon keladi, deb kutayotgandik, chidayolmay qarsak chalib yubordik. Odob ko‘p bo‘lsa, yaxshi, lekin yong‘oq oz-da, bizga yetmay qoladi, deb chug‘urlashdik, keyin o‘yinimiz yana boshlanib ketdi. O‘ynayverdik, oynayverdik. Men ikki marta chiqdim, ikkovidayam hammadan ko‘p yutdim. Murodxon o‘rtog‘im men buvimdan odobni o‘rganib chiqdim deb, uyam o‘yinga qo‘shilib oldi. Ey, o‘sha kuni juda maza bo‘ldi-da. Enajonim ham, bobojonim ham odobli ekan, odobli bobo bilan odobli ena qanaqa bo‘ladi deb so‘rovdik, ular ham javob qaytarishdi, baribir, bizchalik bo‘lishmadi. Rosa kulishdik, qarsaklar chaldik, oxirida odobli qizlar uy supurishdi, biz odobli bola bo‘lganimiz uchun uchtamiz u yog‘iga, uchtamiz bu yog‘iga o‘tib, bobojonimning oyog‘ini uqaladik. Chiqib ketayotganda Hayitvoy o‘rtog‘im qulog‘imga: «Bobongning oyog‘i quruq suyak ekan, mening bobomning oyog‘i yumshoqqina liqqa go‘sht», deb maqtandi. Xudoyberdi To‘xtaboyev 94 TUNGI MEHMON E najonim hamisha biror ishdan mamnun bo‘lsang, ko‘ngling to‘lsa, Xudoga shukr degin, buni o‘rtoqlaringga ham o‘rgatib qo‘ygin, shunda Xudo ishingga yana rivoj berib, bundan ham ko‘proq xursand bo‘lasan, deb o‘rgatardi. Men doim Xudoga shukr, deb yuraman, yiqilib tushib peshonam qonamaganda o‘shanda ham Xudoga shukr, deganman, Dilijon bilan kim o‘zarga cho- pishib, o‘zib ketganimda yana Xudoga shukr, Xudoga shukr, deganman... Bobojonim tuzala boshladi. Hassaga tayanib, voy-voylab bo‘lsayam hovliga chiqyapti, katta boltani baland-baland ko‘tarib î‘tin yoryapti, og‘ilga kirib, mollarga xashak solyapti, Xudoga shukur, hammasi yaxshi bo‘lyapti. Kun botay-botay deganda, bobojonim, yur o‘g‘lim, magazinga borib kelaylik, fonar yog‘i olamiz, charchasam ko‘tarib olarsan, deb menga emas, enamga qarab ko‘zini qisib qo‘ydi. Jon-jon deb rozi bo‘ldim. Nega desangiz, qor yoqqandan buyon qishloqqa bir martayam borganimiz yo‘q. Men yangi etigimni kiyib, qorlarni g‘arch-g‘urch bosib yurishni yaxshi ko‘raman. Yo‘lda yursangiz, uncha qiziqmas, chekkaroqqa chiqib bosilmagan qorlar ustidan yursangiz, g‘arch-g‘urch, g‘arch-g‘urch degan ovoz chiqaradi. Yo‘lda ketayotganda: – Bobojon, nega meniyam olib ketyapsiz, rostdanam sizni ko‘tarib olamanmi? – so‘radim. Bobom kuldi: – Yo‘q, o‘g‘lim, meni ko‘taro‘lmaysan. – Nega bo‘lmasa unday dedingiz? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling