Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
73
– O‘yinchoqlaring shunaqa ko‘pmi?
– Ha, shunaqa ko‘p.
– Qani, bizga ham ko‘rsat-chi.
O‘zim yangi etigimnimi yoki shu o‘yinchoq-
larimnimi bir ko‘rsatsam-chi, deb turuvdim, jon-
jon deb rozi boldim.
– Voy-bo‘y, sen juda boy ekansan-ku, – deb
maqtadi Esonqul bobom.
– Og‘ilxonada yana bor, – dedim yana ham
ko‘proq maqtov eshitgim kelib. Nega desangiz,
men maqtov eshitishni judayam-judayam yaxshi
ko‘raman, eshitayotganda yayrab ketaman.
– Mening nabiralarimga ham bersang bo‘lar-
kan.
– Rahimberdigami?
– Ha, o‘shanga.
– Xo‘p, ertaga beraman.
– Obbo, Erkacholning nabirasi-ey, ko‘p saxiy
ham ekansan. Xudo xohlasa, sendan yaxshi yigit
chiqadi, barakalla.
– Bobojon, men namozning duolarini ham
bilaman, – dedim o‘rnimdan turib.
–Yo‘g‘-e!
– Rost, enajonim o‘rgatgan, ishonmasangiz,
o‘zimning bobomdan so‘rang.
– Biladi, – dedi bobom tasdiqlab, – qani
bobolaringga bir o‘qib ber-chi, azamatim.
Ikki barmog‘imni xuddi enajonim o‘rgatganday
qilib qulog‘imning yumshoq joyiga qo‘yib o‘qidim.
– Voy o‘g‘lim-ey, voy azamat-ey, beri kel,
peshonangdan bir o‘pay, – dedi Esonqul bobom.
Keyin boshqa bobolarimning ham oldiga borib
engashib turdim. Peshonamdan o‘pib, yelkamni


Xudoyberdi To‘xtaboyev
74
silashdi. Rosa maqtashdi, anor, uzum berishdi.
Erkavoy, Xudo xohlasa, shu bolang masjidga imom
bo‘ladi, deyishdi. Oxirida o‘zimning bobom yonidan
joy ko‘rsatib:
– Kel endi, damingni ol, ertalabdan buyon
sakraysan, charchagandirsan, – dedi.
– Uyqum kelyapti, – dedim.
– Ozgina sabr qil, oshni yeylik.
– Bobojon, issiq oshni yeyayotganda qo‘lim
kuyib qoladi.
Bobojonim indamadi-yu, peshonamni yumshoq-
qina silab qo‘ydi. Bobolar yana Xoneshon bobo
haqida gapira boshlashdi. Qo‘qonga borganda
o‘shanaqa katta eshonlarning hammasi unga salom
berarkan, ilmi shunaqa ko‘p ekanki, uning oldida
boshqa eshonbobolar gap ocholmay qulluq qilib
turisharkan.
– Shunday avliyo odamni qamashsa-ya, – dedi
bobolardan bittasi.
– Johillar zamoni bo‘ldi-da, o‘rtoq, – dedi
boshqasi.
Men johil degani nima ekan deb o‘ylay boshla-
dim. Rosa o‘yladim, hech topolmadim. Keyin so‘rab
olaman dedimu endi bobojonim haqida o‘ylay
boshladim...
Xudo xohlasa o‘lmaydi, o‘rtoqlari ko‘p odam
hecham o‘lmaydi, ular î‘tin yorishadi, palov dam-
lashadi, oyog‘iga yog‘ surtishadi, hecham î‘ldirgani
qo‘yishmaydi. Αrtoqlari êî‘p... men ham chol
bo‘lganimda o‘lmayman, deb o‘ylayverdim-o‘ylay-
verdim, axiyri uxlab qolibman... Tushimda bobojo-
nimni ko‘rdim. Ikkovimiz ham jannatga borib
qolgan emishmiz. Qanotimiz bor emish, silkitib-



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling