Sevolmaydi boshqasin jussam, Xajrida alam, g’amlar yutsam


Download 22.44 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi22.44 Kb.
#1489247
  1   2   3
Bog'liq
BEHRUZBEK


SEVOLMAYDI
Sevolmaydi boshqasin jussam,
Xajrida alam, g’amlar yutsam.
Mayli necha oy, yillar kutsam,
Bir kun u qaytib kelarmikan !

Sog’inaman men uni yomon


O’rnin bosolmas xech kim xamon.
Didorgacha qolsam gar omon,
Bir kun u qaytib kelarmikan !

Yurak qiynalmoqdadir, yurak,


Dardimga davo, visol kerak.
Osmonga nido, qilsam tilak.
Bir kun u qaytib kelarmikan!

Ayrilganday bo’ldim borimdan,


Tengi yo’q ul go’zal yorimdan.
Kechar bo’lsam xatto jonimdan,
Bir kun u qaytib kelarmikan!

Unutaman yolg’iz kunlarim,


Bedor o’tgan yolg’iz tunlarim.
Bilsa usiz qiynalganlarim,
Bir kun u qaytib kelarmikan!

O’tmishimga solsam bir nazar,


Birga o’tgan kunlarim go’zal.
Tushlariga yo’qlab borsam gar,
Bir kun u qaytib kelarmikan!

Sog’inch meni o’rab olganda,


Kutib xayollarim tolganda.
Xayotimga raxna solganda.
Bir kun u qaytib kelarmikan!
ONA
Xar safar borsam uzoq safarlardan,
Onam yig’laydilar keldingmi bolam.
Balki bu quvonchdan, balki sog’inchdan,
Siz nechun yig’laysiz yig’lamang onam !

Bag’riga bosadi quvonchdan yonib,


Ko’p katta bo’lsakda qo’yar erkalab.
Men esa yupatgum ko’nglini olib,
Siz nechun yig’laysiz yig’lamang ona !

Betob bo’lsam doim boshimda turgan,


Uxlamay tunlari qilganlar nola.
Xatto yutug’imdan ko’z yoshlar qilgan,
Siz nechun yig’laysiz yig’lamang ona !

Bolam deb tez qarib erta so’ldingiz,


Bir bora tug’ilib, ming bor o’ldingiz.
Endi nechun yig’laysiz yig’lamang ona.
Siz uchun men yig’lay, siz yig’lab bo’ldingiz!


BIR KUN KELIB UCHRSHSAK AGAR
Bir kun kelib uchrashsak agar,
Ko’zlarimga boqma tikilib.
Sog’inganman seni shunchalar,
Bu sirimni qo’ymay bildirib !

Bir kun kelib uchrashsak agar,


Balki so’zlolmasman so’zlarim.
Ko’zim ila sochar bo’lsam zar.
To’larmidi bu ko’nglim yarim !

Bir kun kelib uchrashsak agar,


Qurmoqchiman qalbimda qasir.
Seni izlab yurdim darbadar,
Yuragimni etgansan asir !

Bir kun kelib uchrashsak agar,


Qo’limdan tut, qo’llarimdan tut.
Menga aytsang shirin so’zlar gar,
Menga aytma demagin unut !

Bir kun kelib uchrashsak agar,


Iforinga to’ya olardim.
Dunyoda seni bexruz izlar,
Sensizlikka ko’nikolmadim !

Bir kun kelib uchrashsak agar,


Faqat yig’lamagin yonimda.
Mening qalbim yig’ladi yetar,
Sen yig’lama mening xolimga !

Bir kun kelib uchrashsak agar,


Sochlaringga yetarmi qo’lim.
Bu ayriliq kelgandan ko’ra,
Ayirsaydi bizlarni o’lim !

Bir kun kelib uchrashsak agar,


Jim turmagin yuragimni o’y.
Mayli birga bo’lolmasak xam,
Umit berib meni aldab qo’y !!

Download 22.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling